Eron hukumati kurd qizi Mahsa Aminiy vafotining bir yilligi munosabati bilan 260 dan ortiq odamni qölga oldi. Bu haqda 17 sentabr, yakşanba kuni Shargh gazetasi mahalliy xavfsizlik organlariga tayanib xabar berdi.

Qölga olişlar 16 sentabr kuni 24 soat içida amalga oşirilgan. Xavfsizlik organlari uni jamoat xavfsizligini buziş, norozilik namoyişiga çaqiriş yoki qurol saqlaş bilan izohladi.

Mahsa Aminiy vafotining bir yilligi arafasidagi hibslar

Mahsa Aminiy ölimining bir yilligi oldidan Eron hukumati norozilik namoyişlari oldini oliş uçun qattiq xavfsizlik çoralarini kördi. Huquq himoyaçilarining xabar berişiça, Eron ğarbidagi Sekkez şahrida qizning oilasi uyi yaqinida köp sonli politsiya xodimlari joylaşgan. 

Mahsaning otasi Amjad Aminiy 16 sentabr oqşomida qizi xotirasiga motam e’lon qildi. Surgundagi Eron matbuotiga köra, erkak politsiya bölimiga çaqirilib, ogohlantiriş olgan, biroq keyin qöyib yuborilgan. 

15 sentabr kuni Yevropa Ittifoqi, AQŞ va Buyuk Britaniya namoyişlarni bostirgani uçun Eronga qarşi yangi sanksiyalar joriy qildi. Islom Respublikasi Taşqi işlar vazirligi bu harakatlarni «noqonuniy va diplomatik emas» deb atadi. 

Aminiyning qölga olinişi va ölimi 

Mahsa Aminiy 2022 yil 16 sentabrda römolni notöğri öraşda ayblanib, axloq politsiyasi tomonidan qölga olinganidan söng vafot etdi. Uning oilasi Mahsa politsiya zöravonligi tufayli vafot etganini da’vo qilmoqda. Tehron buni rad etyapti. 

Aminiyning ölimi butun Eronda «Ayol, hayot, ozodlik!» şiori ostida ommaviy norozilik namoyişlariga sabab böldi. Tartibsizliklar köp oylar davom etdi. Nohukumat taşkilotlarga köra, namoyişlar çoğida 550 nafardan ortiq namoyişçi halok bölgan, yetti kişi qatl etilgan.