Pedofiliyada ayblangan xorazmlik sobiq amaldorlar ishi bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda
Avvalroq Toshkent shahar sudida ko‘rilayotgan ish vaqtincha to‘xtatilib, yangi ayblov masalasini tergov yo‘li bilan tekshirish uchun Xorazm viloyat prokuroriga yuborilgan edi.

Foto: Kun.uz
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy mehribonlik uyida jinsiy tajovuzga uchragan tarbiyalanuvchilar ishi bo‘yicha davlat mulozimlariga nisbatan sud hukmi o‘zgarishsiz qolgani haqida xabarlar tarqaldi.
Kun.uz holat yuzasidan Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidovdan izoh so‘radi. Uning ta’kidlashicha, ish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
“Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida ushbu jinoyat ishi ko‘rib chiqilmoqda. Sud jarayoni davom etyapti va hali qaror qabul qilinmagan.
Sudlar to‘g‘risidagi qonunning 66-moddasiga ko‘ra, ommaviy axborot vositalari o‘z xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan o‘zicha hal qilib qo‘yishga haqli emas”, deya ma’lum qildi Oliy sud matbuot kotibi.
Eslatib o‘tamiz, Xorazmdagi oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilariga nisbatan sodir etilgan jirkanch jinoyat ishi bo‘yicha birinchi instansiya sudining hukmi 2022 yil sentabrda qabul qilingan. O‘tgan yil dekabr oyiga kelib ish Xorazm viloyati sudida apellyatsiya tartibida qayta ko‘rilgan. Viloyat sudi hukmni o‘zgarishsiz qoldirgan.
Bosh prokuratura sud hukmi va apellyatsiya instansiyasi ajrimlari qonuniyligini o‘rganib chiqib, sudlanuvchilarga yengil jazo tayinlangan, degan xulosaga kelgandi.
Joriy yil 6 aprel kuni ish Oliy sudda ko‘rib chiqilib, hukmning Oybek Masharipov va Anvar Quryazovga oid qismi bekor qilingan hamda apellyatsiya instansiyasida qayta ko‘rib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgandi.
Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasi esa Xorazm viloyat Adliya boshqarmasi sobiq boshlig‘i Oybek Masharipov va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi sobiq boshlig‘i Anvar Quryazovga yangi ayblov bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun ishni prokurorga yuborgandi.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShning G‘azo bo‘yicha sulh bitimi, Rossiyaning Kiyevga yangi taklifi va Sharqiy Osiyoda yana tarqalayotgan COVID – kun dayjesti
Jahon | 17:16
-
Gretsiyada birinchi marta robotlar olimpiadasi o‘tkaziladi
Fan-texnika | 17:01
-
FLAVIS - Yangi ta’m, yangi did, yangi bosqich
O‘zbekiston | 17:00
-
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi
Jahon | 16:41
Mavzuga oid

16:53 / 08.03.2025
“Korrupsiya baribir yo‘qolmaydi degan ko‘nikish paydo bo‘lib qoldi” - ekspertlar bilan suhbat

11:38 / 25.01.2025
Surxondaryo hokimining amaldorlarni mukofotlash haqidagi farmoyishi bekor qilindi

17:45 / 12.08.2024
Surxondaryoda 10 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak qamoqqa olindi

21:21 / 26.06.2024