Toşkent şahridagi «Özbekiston» xalqaro forumlar saroyida Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari boş ştab boşliqlarining konferensiyasi bölib ötdi.
Mudofaa vazirligi xabariga köra, unda Amerika Qöşma Ştatlari, Pokiston, Özbekiston, Turkmaniston, Qozoğiston, Qirğiziston va Tojikiston Mudofaa vazirliklari delegatsiyalari iştirok etdi.


Tadbir avvalida harbiy delegatsiyalar vakillari «Ğalaba boği» yodgorlik majmuasidagi «Matonat madhiyasi» monumenti poyiga gulçambarlar qöyib, «Şon-şaraf» muzeyini közdan keçirdi. Şundan söng, «Özbekiston» xalqaro forumlar saroyida öz davlat bayroqlari oldida suratga tuşdi.
Konferensiyani Özbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov hamda AQŞ Qurolli Kuçlari Markaziy qömondonligi qömondoni general Maykl Kurilla kiriş sözlari bilan oçib berdi.
Konferensiya doirasida mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarşi kuraş, humanitar yordam va mintaqaviy barqarorlik kabi masalalar körib çiqildi.




















