25-29 sentabr kunlari Venada Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) yillik boş konferensiyasining 67-sessiyasi bölib ötdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
AEXA boş konferensiyasida «Özatom» agentligi boş direktori Bahrom Mansurov, Özbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev, soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Farrux Şaripov va boşqalardan iborat Özbekiston delegatsiyasi iştirok etdi.
Anjuman doirasida Özbekiston delegatsiyasi qator uçraşuv va muzokaralar ötkazdi. Jumladan, AEXA boş direktori Rafael Grossi bilan uçraşuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş, AEXAning respublika bilan hamkorligini mustahkamlaş va Özbekistonga körsatilayotgan yordam hajmini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Yadroviy materiallarni hisobga oliş va nazorat qiliş tizimini hamda xavfsizlik çoralarini işlab çiqişga qaratilgan «Umid nurlari» dasturi doirasida yadro tibbiyoti va onkologik kasalliklarni davolaş sohasida hamkorlikni kengaytiriş taklif etildi. Radiatsiyaviy xavfsizlik sohasida respublika nazorat qiluvçi organining mustaqilligini ta’minlaş muhimligi ta’kidlandi.
AEXA boş direktori örinbosari, yadro fanlari va ilovalari departamenti boşliği Najata Moxtar bilan uçraşuvda yadro texnologiyalarini turli sohalarda, jumladan, iqtisodiyot, tibbiyot va qişloq xöjaligi jabhalarida qöllaşning holati va erişilgan yutuqlari muhokama qilindi.

















