Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Oliy Majlis Senatida yangragan “aviachipta sotishdagi eskirgan byurokratiya” haqidagi tanqidga murosabat bildirdi.
Senatning 29 senyatbr kungi yig‘ilishida fuqarolar UzAirways’ga qarashli kassalardan o‘z yaqinlari uchun aviachipta sotib olmoqchi bo‘lishsa, ulardan fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinayotgani, pasportning asl nusxasini taqdim etmagan fuqarolarga esa aviachipta sotilmayotgani, bu korrupsiya va ovoragarchilikka sabab bo‘layotgani aytilgan edi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burhonovga ko‘ra, qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida bu muammoni hal etish uchun UzAirways’ga 2021 yil 19 martda murojaat qilingan, lekin muammo haligacha o‘z yechimini topmagan. 2023 yil 23 iyunida “Uzbekistan Airways” AJ raisining birinchi o‘rinbosari imzosi bilan Senatga yo‘llagan javobda hech bir asossiz bu muammoni hal qilish imkonsiz ekani ma’lum qilingan, degandi senator.
Aviakompaniya axborotida aytilishicha, amaldagi normativ hujjatlarda (qoidalar va yo‘riqnomalar) aviakassirlardan yo‘lovchilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasi asosida aviachiptalarni rasmiylashtirishni talab qiluvchi bandlar mavjud emas. “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlarida aviachipta sotuvi yo‘lovchilarning shaxsini tasdiqlovchi guvohnomalarning asl nusxalari asosida ham, ularning fotonusxalari asosida ham amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, qayd etilishicha, “Uzbekistan Airways” AJ BMT Xavfsizlik Kengashining 2178-sonli rezolyutsiyasining 9-bandi talablariga muvofiq (2014 yildan), API tizimi orqali belgilangan manzillarga boradigan yo‘lovchilarning asosiy ma’lumotlarini uzatish bo‘yicha BMTning maxsus tuzilmalari qaroriga amal qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hamda aviakompaniyaning qatnovlari bajariladigan mamlakatlarning huquqiy maydoniga muvofiq faoliyat yuritmoqda. Ushbu xalqaro reglamentga asoslanib, yo‘lovchilarning belgilangan ma’lumotlari aviachiptalarni sotishda bron qilish tizimiga kiritilishi kerak. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun
















