Bugun, 25 sentabr kuni Namangan şahar hokimligi majlislar zalida yiğiliş bölib ötdi. Prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov boşçiligidagi yiğilişda taşkiliy masala körilgan.


Viloyatga 2015 yildan buyon rahbarlik qilib kelgan Xayrulla Bozorov boşqa işga ötişi munosabati bilan viloyat hokimi lavozimidan ozod etilgani töğrisidagi prezident farmoni öqib eşittirilgan.


Şavkatjon Abdurazzoqov Namangan viloyati hokimi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.




Şavkatjon Abdurazzoqov 2015-2017 yillarda Namangan tumani hokimi lavozimida işlagan, 2017 yil fevralida u Vazirlar Mahkamasining qişloq va suv xöjaligi, qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş hamda iste'mol tovarlari masalalari böyiça axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimida iş boşlagan, 2017 yilning iyulida esa Namangan şahriga hokim etib tayinlangan, 2020 yil martidan buyon Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisi sifatida
















