Bank nazorati qömitasi tomonidan Markaziy Bankning nazoratga doir vazifalari ijrosini ta’minlaş maqsadida 2023 yil sentabr oyidagi yiğilişlarida, asosiy e’tibor, tölov taşkilotlari va banklarda ustav fondi (ustav kapitali) böyiça qonunçilik talablarining bajarilişi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va terrorizmni moliyalaştiriş bilan boğliq xatarlarni boşqarişga doir talablarga hamda prudensial me’yorlarga rioya qilinişi, şuningdek, ötkazilgan tekşiruv natijalarida aniqlangan kamçiliklar va ularni bartaraf etişga qaratildi.
Qayd qilinişiça, 1 ta tijorat banki va 1 ta tölov taşkilotining ayrim operatsiyalarini amalga oşirişiga çeklov örnatilgan hamda 13 ta tijorat banki faoliyatida qoidabuzarliklar aniqlanganligi sababli çora va sanksiyalar qöllanilişi töğrisida ogohlantirilgan.
Şuningdek, 6 ta tijorat bankiga nisbatan jarima çorasi qöllangan hamda ustav kapitali qonunçilik talablariga muvofiq şakllantirilmagani sababli 1 ta tijorat bankining aktiv va passiv operatsiyalarini töxtatiş hamda 4 ta tölov taşkilotidan faoliyatni amalga oşiriş huquqini beruvçi litsenziyalarini çaqirib oliş töğrisida qaror qabul qilingan.
Markaziy Bank xabarida uşbu tijorat banklari va tölov taşkilotlari nomi keltirilmagan.
Bundan taşqari, tijorat banklari boşqaruvlari zimmasiga aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş, ehtimoliy yöqotişlarga qarşi zaxiralarni yaratiş, şuningdek, Markaziy bank tomonidan örnatilgan prudensial normativlarga amal qiliş, bank faoliyatida mavjud zaifliklarni bartaraf qiliş va moliyaviy holatni soğlomlaştiriş bilan boğliq talablarga rioya etiş yuzasidan tegişli körsatmalar berilgani va vazifalar yuklatilgani aytilmoqda.

















