Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 oktyabr kungi selektorda “Yaşil makon” umummilliy loyihasining dolzarbligi haqida gapirdi. Davlat rahbarining nutqi videosi “Menimça” körsatuvida namoyiş etilgan.

“Yaşil makon”ni nomiga emas, özimizning hayotimiz, nafas olişimiz, öpkamiz tozaligi uçun qilsak, özimiz uçun kerak-ku bu? Jamiyatimiz uçun, soğliğimiz uçun kerak. Kerak bölsa, ğururimiz uçun, iftixorimiz uçun kerak. “Yaşil makon” – millatimizga, mamlakatimizga, ertangi kunimizga kerak.

Kimdir kelib Özbekistonda bizning ekologiyamizni töğrilab bermaydi. Kimdir kelib mahallamizga, Orolning qurigan tubiga daraxt ekib bermaydi heç qaçon. Faqat va faqat temir intizom va özimizning tinimsiz, maşaqqatli mehnatimiz natijasida pirovard maqsadga erişamiz.

Ayniqsa mahalla raislari – men işongan, men hurmat qilgan mahalla raislari – mana şunga jonkuyar bölişlari kerak. Har bir xonadon bir yilda ikkitagina tup daraxt eksin. Har bir taşkilot har yili öntagina daraxt eksin.

Hamma örnak bölişi kerak. Jamiyatimizda bunga befarqlik bölmasligi kerak. Şunday muhit yaratişimiz kerakki, daraxtga bölgan munosabatni uyimizdan, xonadonimizdan, oilamizdan, nevaramizdan, farzandimizdan, jamiyatimizdan, mahallamizdan boşlasak, öylaymanki, yutuq, natija biz kutgandek böladi”, – dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev 14 oktyabrda Toşkent şahri Çilonzor tumanidagi Oqtepa va Boğzor mahallalari ahli bilan körişib, “Yaşil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekiş mavsumini boşlab berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mavsum doirasida 1 dekabrgaça respublika böylab 85 million tup köçat ekiş rejalaştirilgan.

Örmon xöjaligi agentligi har bir mahallaga 200 tadan köçatni bepul yetkazib berişi kerak. Viloyatlar hokimlari ham 300 ming dona köçatni mahallalarga bepul tarqatadi.

Prezident ötgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik şartligini ta’kidlagan.