
15 oktyabr 16:00 lar atrofida Yoşlar siyosati va sporti vazirligi saytiga kiriş qiyin bölib qolgandi. Saytning asosiy sahifasida “Your system hacked by Israil team – Sizning tizimingiz Isroil jamoasi tomonidan buzildi” degan yozuv paydo böldi. Şundan keyin vazirlik holat böyiça izoh berib, rasmiy veb saytning kiberhujumga uçragani böyiça Kiberxavfsizlik markazi bilan dastlabki tezkor örganişlar ötkazilgani, kiberhujum oqibatida jiddiy talafot körilmaganini ma’lum qilgandi.

19 oktyabr kuni bir muddat vazirlik saytiga kiriş yana imkonsiz bölib qoldi. Bu safar saytning boş sahifasida “Hi, Uzbekistan. Hacked by Kazhakhstan. Glory Kazakhstan. Kazakhstan strong (ingliz tilida xatolar bilan yozilganini suratda köriş mumkin, tuşunarliroq bölişi uçun tahrirlandi) – Salom, Özbekiston. Kazhakhstan hakerlari tomonidan buzib kirildi. Qozoğistonga şaraflar. Qozoğiston kuçli” degan ma’noda yozuv qoldirilgan.
Vazirlik rasmiylarining Kun.uz’ga bergan ma’lumotiga köra, Kiberxavfsizlik markazi bilan sayt zaifliklari ustida işlanyapti.
“Vazirlik rasmiy veb-saytini kiberhujumlarga qarşi himoyalaş yuzasidan qöşimça çora-tadbirlar belgilanib, amalga oşirilmoqda. Saytda 1-2 zaifliklar bor ekan, özimizning dasturçilar töğrilayapti”, – dedi vazirlik matbuot xizmati.
Davlat taşkilotlari rasmiy sahifasi hakerlar hujumiga uçraşi ilk marta bölayotgani yöq. 2022 yil noyabr oyida Senat sayti 14 yoşli ösmirlar tomonidan buzib kirilgandi.
















