Qozoğiston va Xitoy hukumatlari örtasidagi viza talablaridan özaro ozod qiliş töğrisidagi kelişuv 2023 yil 10 noyabrdan kuçga kiradi. 

«Qozoğiston Respublikasi hukumati va Xitoy Xalq Respublikasi hukumati örtasida viza talablaridan özaro ozod qiliş töğrisidagi bitim 2023 yil 17 may kuni Sian şahrida tuzilgan. U 2023 yil 10 noyabrdan kuçga kiradi», deyiladi Qozoğiston Taşqi işlar vazirligi xabarida. 

Qozoğistonliklar Xitoy davlat çegarasini kesib ötgan paytdan boşlab, 30 kun davomida uşbu mamlakatda vizasiz qolişi mumkin böladi. Şunday qoida Xitoy aholisi uçun ham amal qiladi. 

Qayd qilinişiça, vizasiz rejim Xitoy fuqarolariga Qozoğistonda doimiy yaşaş va işlaş huquqini bermaydi.