Qatar mezbonligidagi turnirning finali «özbekça final»ga aylandi. Şaxmat böyiça Özbekiston milliy jamoasi a’zolari Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yakubboyev 7 oçkodan töplab, yakunda ğoliblik uçun kuraş olib bordi.

Qöşimça bahsda reyting böyiça 19-örinda bölgan Yakubboyev Abdusattorovdan ustun kelib, sensatsion tarzda «Qatar Masters Chess-2023» çempionligini qölga kiritdi. U tay-brekda 2:0 hisobida ğalabaga erişdi.

Qayd etiş joiz, Dohadagi turnirda Magnus Karlsen, Aniş Giri, Nakamura, Gukeş singari jahonning top-10ligidagi şaxmat ustalari ham iştirok etgandi. Şunga qaramay, vakillarimiz dastlabki ikki örinni egallagan bölsa, yana bir özbekistonlik şaxmatçi Javohir Sindorov 6,5 oçko bilan 4-örinni egalladi.