Oila va xotin-qizlar qömitasiga köra, bu ajrimlarning asosiy qismi er-xotinning oilaga tayyor emasligi, 3-şaxs aralaşuvi, uzoq vaqt birga yaşamaslik, moliyaviy qiyinçiliklar, xiyonat, spirtli içimliklar va giyohvandlik, farzandsizlik sabab yuz bergan.
Kun.uz'ning navbatdagi “Boriça” podkastida ajrimlarga eng köp sabab bölayotgan omillar haqida söz bordi.
Kör-körona uylaniş mezonlari
Şoira Isoqova, psixolog:
— Bizning yoş avlod oila qurişga tayyor emas. Ota-bobolarimiz 16-17 yoşda ham uylangan, deb qolişadi, lekin ular öşa davrda oilani boqişga qurbi yetgan, fiziologik va aqlan yetuk bölişgan. Hozir 25 yoşda uylansa ham, ajraşib ketiş holatlari bölyapti. Ayniqsa, pandemiya paytida töplanib qolgan muammolar yuzaga çiqib ketdi, bundan taşqari, oilaga aralaşuvlar köpaydi. Hozirgi holat karantin asoratlari deyiş mumkin, buni biz tahlil qilganmiz. Hali keyingi yillarda ham bu ta’sir bölişi mumkin.
Qaynonalarning ham oila borasida ilmi, tajribasi yöq, taşqaridan kelgan bir qizga qanday munosabatda bölişni bilmaydi. Bir mahallada sinov tarzda qaynonalar maktabi taşkillaştirib, tuşuntirişlar berganmiz, öşa yerda ajrimlar sezilarli darajada kamaygan. Ikki yoşning orasiga aralaşavermaslik, ularni şaxs sifatida qabul qilib, mustahkam munosabat örnatişiga qöyib beriş kerakligini tuşuntirganmiz. Şu 4-5 soatlik tadqiqot işlari şunday natija bergan. Bundan taşqari, oilada qaynotalarning roli yöq, indama, tinç qöy, deya olmaydi. Bu oilalarda erkaklar roli pasayib ketayotganidan dalolat.

Oila ilmi yöq. Yigitlarning nazarida uylanişi kerak, böldi. Dunyoqaraşi, farzandlar tarbiyasi, töğri kelişi haqida öylab körmaydi, şu yaxşi oila farzandi ekan, çiroyli, örangan ekan, degan mezonlar bilan kelin tanlaşadi. Köpçilik şu onam topgan kelin, deydi. Uylangandan keyin adaşganini biladi. Köpçilik ajrim holatidagi yoş oilalardan - kuyovlardan qanday oila qurgani haqida söraganimda, onasi topganligini aytadi. Har bir odamning tafakkuri, didi, yoqadigan odami bölişi kerak, orzular bor. U farzandlarining onasi böla oladigan qizni özi tanlaşi, topişi kerak. Bundan köriş mumkinki, öğil bolalarni haqiqiy erkak qilib tarbiya qila olmayapti onalarimiz. Mana şu yerda ham erkakning roli tuşişi bor.
Öz tajribamdan kelib çiqib aytamanki, şu kunga qadar bor-yöği ikki nafar yigit qabulimga keldi, oila qurişdan avval qanday qizni tanlasam baxtli bölaman, degan savol bilan. Qolgan holatlarda – oila qurişdan oldinam, ajrimdayam faqat va faqat qizlarni onasi olib keladi. Keyingi vaqtlarda erkaklar turmuş örtoğini olib keliş holatlari biroz şakllandi – öz mas’uliyatini bilgan, farzandlari taqdiriga befarq bölmagan otalar tomonidan.



















