Bular – “Milliy boğ”, “Ğafur Ğulom”, “Özbekiston”, “Yunus Rajabiy” va “Maşinasozlar” bekatlaridir.
Ulardagi ikkinçi kiriş-çiqiş joylari betonlar va panjaralar bilan tösib qöyilgan.
“Toşkent metropoliteni”ning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça bu bekatlardagi ikkinçi vestibyullar ular qurib foydalanişga topşirilganidan buyon yopiq holatda qolmoqda. Bunga yölovçilar oqimining juda kamligi sabab bölgan.


Ma’lum bölişiça, hozirgi kunda Toşkent metropoliteni qoşida oçilgan “Toşmetrotrans” MÇJ loyiha instituti tomonidan barça yopiq vestibyullarni işga tuşiriş böyiça loyihalar işlab çiqilib, davlat ekspertizasiga topşirilgan.
Ekspertiza xulosasi olinganidan keyin, bosqiçma-bosqiç ta’mirlaş işlari olib borilib, barça yopiq vestibyullar 2024 yilning may oyigaça oçib qöyiladi.

Ma’lumot uçun, Toşkent metrosining qurilişi 1971-1972 yillarda boşlangan. 1977 yilda birinçi – “Çilonzor” yönaliş işga tuşirilgan. Bir tomonlama kiriş-çiqiş yölagiga ega “Milliy boğ” metro bekati şu liniyada joylaşgan.
1984 yilda metroda navbatdagi – “Özbekiston” yönalişi oçilgan. Bu yönalişdagi “Ğafur Ğulom”, “Özbekiston” va “Maşinasozlar” bekatlari ham bir tomonlama kiriş-çiqiş yölagi bilan foydalanişga topşirilgan.
2001 yil oktyabr oyida “Yunusobod” yönalişining birinçi uçastkasi, uzunligi 7,5 kilometr bölgan oltita stansiya foydalanişga topşirilgan. Bir vestibyulli “Yunus Rajabiy” metro bekati ana şu “Yunusobod” yönalişida joylaşgan.

















