Vudro Vilson “dahşatli dori” deb atagan iqtisodiy sanksiyalar qanday paydo bölgan va ularni joriy qiliş samarali usulmi?
Foto: ShutterstockFoto: Shutterstock
Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, köplab davlatlar va kompaniyalar u bilan iqtisodiy aloqalarni uzdi yoki keskin qisqartirdi, şuningdek, Rossiya iqtisodiyotiga zarba beriş uçun sanksiyalar joriy qildi.
Yevropa Ittifoqi, AQŞ, Kanada va Buyuk Britaniya Rossiyaga qarşi jiddiy iqtisodiy çeklovlar kiritdi, mamlakatning yuzlab badavlat şaxslari va hukumat amaldorlarini sanksiyalar röyxatiga qöşdi hamda Moskvani xalqaro moliya tizimidan sezilarli darajada uzib qöydi.
Lekin bu çeklovlar Moskvani Ğarb bozoridan töliq çetlatiş imkonini bermadi. Çunki unga hududiy jihatdan yaqin joylaşgan, u bilan iqtisodiy jihatdan qattiq boğlangan ayrim davlatlarda joylaşgan taşkilotlar va kompaniyalar Rossiya uçun sanksiyalardan qoçiş yölagiga aylangani aytiladi.
Xöş, AQŞ prezidenti Vudro Vilson tomonidan “dahşatli dori” deb ta’riflangan iqtisodiy sanksiyalar qanday paydo bölgan va nima maqsadda joriy qilinadi?
Iqtisodiy sanksiyalar va ularning paydo böliş tarixi
Iqtisodiy sanksiyalar bu – xavfsizlik yoki taşqi siyosat masalalari bilan boğliq ma’lum maqsadlarga erişiş uçun savdo va moliyaviy operatsiyalarni çeklaş yoki töliq töxtatişdir. Sanksiyalar ham alohida davlatlar, ham xalqaro taşkilotlar tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarga, taşkilotlarga yoki davlatlarga nisbatan qöllanişi mumkin. Sanksiya joriy qilgan va sanksiyaga uçragan mamlakatlar örtasida iqtisodiy boğliqlik qançalik yuqori bölsa, çeklovlar ham şunçalik samarador böladi.
Sanksiyalar, asosan, quyidagi maqsadlarga erişiş uçun qöllanadi:
sanksiya qöllanayotgan davlatning ma’lum bir sohadagi siyosatini özgartiriş, masalan, inson huquqlari, matbuot va söz erkinligi, diniy erkinlik tamoyillari buzilganida;
sanksiya qöllanayotgan davlat rejimini almaştiriş orqali uning siyosatini özgartiriş;
harbiy harakatlarni töxtatiş (Bangladeş mustaqilligi uçun uruş vaqtida AQŞ Hindiston va Pokistonga nisbatan sanksiyalar kiritiş orqali bunga erişa olgan);
mamlakatning harbiy salohiyatini parçalaş;
sanksiya qöllanayotgan davlat siyosatining boşqa muhim yönalişlarini özgartiriş.
Boşqa davlatlarga qarşi sanksiya joriy etiş yuzlab yillardan buyon mavjud. Tarixdagi dastlabki iqtisodiy sanksiya kiritiş holati Qadimgi Yunonistonda qayd etilgan. Eramizdan avvalgi 432 yilda Afina hukmdorlari Megara viloyati savdogarlariga Afina portlari va bozorlariga kirişni taqiqlaşgan. Bu qonli Peloponnes uruşi boşlanişiga olib kelgan.
Mavzuga oid
Xitoy bilan aloqa qiladigan davlatlar vaqti-vaqti bilan uning iqtisodiyotini izdan çiqariş va ta’sirini kamaytiriş maqsadida ipak matodan tayyorlangan libos kiyişni taqiqlaşgan.
Buyuk Britaniya bilan kuraş olib borayotgan imperator Napoleon Bonapart Fransiya bosib olgan davlatlarga Britaniya mahsulotlarini sotib olişni taqiqlagan. Iqtisodiy qamal 8 yil davom etgan va Britaniya, Niderlandiya hamda Italiya iqtisodiyotiga katta zarar yetkazgan.
Zamonaviy savdo sanksiyalarini qöllaş strategiyasi ilk bor XVIII asr oxirida Britaniya imperiyasi tomonidan işlab çiqilgan va amalda foydalanilgan. 1888 yilda Buyuk Britaniya aholisi yer şari aholisining atigi 2 foizini taşkil etar, ammo dunyoda aylanadigan barça sanoat mahsulotlarining 54 foizi uşbu mamlakat hissasiga töğri kelardi. Bu rekord körsatkiç şu kungaça boşqa heç qaysi davlat tomonidan qayd etilmagan. Mazkur omil Birlaşgan Qirollikka raqiblariga bosim ötkaziş imkonini beradi.
Birinçi va Ikkinçi jahon uruşlarining sabablaridan biri ham boy va qudratli davlatlar örtasidagi doimiy savdo nizolari bölgan. Masalan, 1914 yilda Buyuk Britaniya va Fransiyaning Germaniyaga qarşi uruşga kirişi öşa davr siyosatçilari tomonidan “milliy savdo manfaatlarini Germaniya bosqinidan himoya qiliş” deya asoslangan.
1920 va 1930 yillardagi jahon iqtisodiy tuşkunlik davri köp davlatlarning bojxona tariflarini oşirişiga va importni çeklaşiga olib keldi. Bu Ikkinçi jahon uruşi boşlanişining sabablaridan biri böldi. Misol uçun, Yevropa davlatlari bilan savdo nizolari Yaponiyaning uruşga qöşilişiga olib kelgan.
Ikkinçi jahon uruşi boşlanişidan oldin Yugoslaviya, Gretsiya, Boliviya, Paragvay va Italiya jamoaviy iqtisodiy sanksiyalarga duçor bölgan.
Sovuq uruş davrida sanksiyalar kutilgan samarani bermagan, çunki bu siyosat Ğarbiy yoki Şarqiy davlatlar bloklari tomonidan bir paytda qöllab-quvvatlanmagan. Ikkala blok tomonidan ham qöllangan yagona sanksiyalar faqat ikki marta: Rodeziya va Janubiy Afrikaga nisbatan işlatilgan va ikkala holatda ham ular yetarli darajada natija keltirmagan.
Öşa davrdagi kollektiv iqtisodiy sanksiyalarning eng maşhur misollaridan biri – sotsialistik mamlakatlarga strategik tovarlar va texnologiyalarni, birinçi navbatda, harbiy texnikalar va kompyuterlarni yetkazib berişni çeklaş edi. Xususan, Şarqiy blok mamlakatlariga eksportni nazorat qiliş uçun 1949 yilda 17 davlatni öz içiga olgan Muvofiqlaştiruvçi qömita tuziladi.
Uzoq muddatli bir tomonlama sanksiyalarning eng maşhur namunasi AQŞning Kubaga nisbatan 1960-1962 yillarda boşlangan va hozirgaça davom etayotgan embargosidir. AQŞ kompaniyalariga Kuba bilan har qanday iqtisodiy aloqalarni maxsus ruxsatsiz amalga oşiriş taqiqlangan.
Rossiyaga qarşi qöllanayotgan sanksiyalar öz samarasini beryaptimi?
The Bell naşrining yozişiça, 2023 yilning birinçi yarmida Rossiyaning qöşni davlatlardan amalga oşirgan importi 5,2 mlrd dollarga yoki 37 foizga oşgan. Mutaxassislar Rossiya şu yöl bilan Ğarb sanksiyalarini çetlab ötayotganini va kiritilgan çeklovlar kutilgan natijani bermayotganini taxmin qilmoqda.
E’tiborlisi, Rossiya importining ösişi Yevropa Ittifoqi mamlakatlari mintaqaga tovarlar yetkazib berişni köpaytirgan bir vaqtda yuz bergan. 2022 yilda Yevropa Ittifoqidan Rossiyaga qöşni davlatlarga umumiy eksport hajmi 24 foizga oşib, 130 mlrd dollarni taşkil etgan. 2023 yilning olti oyi davomida bu körsatkiç 75,8 mlrd dollar bölgan, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 22 foizga köp.
Öz navbatida, Markaziy Osiyo davlatlari, şuningdek, Ozarboyjon, Armaniston, Gruziya va Turkiyadan Rossiyaga eksport 2021 yildagi 17,4 milliard dollardan 2022 yilda 25,8 mlrd dollarga (ösiş 33 foiz) oşgan.
Rossiyaga qöşni davlatlar 2022 yilda Yevropa Ittifoqidan ma’lum bir turdagi tovarlar importini sezilarli darajada oşirgan. Ular orasida telekommunikatsiya uskunalari, mikroelektronika, elektr jihozlari, transport uskunalari, kompyuterlar, serverlar, qattiq disklar va smartfonlar bor. Xuddi şu mahsulotlar Ğarb davlatlari tomonidan Rossiyaga töğridan töğri yetkazib berilişi taqiqlangan.
Yevrostat ma’lumotlariga köra, ötgan yili Yevropa Ittifoqidan Özbekistonga mikroelektronika eksporti 248 foizga, transport uskunalari 276 foizga, ma’lumotlarni qayta işlaş uskunalari 68 foizga, telekommunikatsiya uskunalari 66 foizga, elektr jihozlari 39 foizga köpaygan.
Yuqoridagi raqamlar şuni körsatmoqdaki, rasmiy Moskva ayrim turdagi strategik tovarlar taqçilligini yumşatiş uçun turli parallel import sxemalaridan foydalanib kelayotgan bölişi mumkin.
Ikkilamçi sanksiyalarning xavf qamrovi ortib bormoqda
Sanksiyaga uçragan mahsulotlarni Rossiyaga olib ötişda tranzit bölayotgan “şubhali” davlatlar qatorida Markaziy Osiyo mamlakatlari ham tilga olinmoqda. Şu jihatdan, Yevroittifoq va AQŞ mintaqa davlatlariga sanksiya kiritmoqçiligi haqidagi xabarlar bir neça marta ijtimoiy tarmoqlarda ham sizdirildi. Xususan, xalqaro jurnalistlarning Uyuşgan jinoyatçilik va korrupsiya haqida xabar beriş loyihasi (OCCRP) Qozoğiston orqali yetkazib beriş zanjirlarining bir neçtasini kuzatişib, ular ruslar tomonidan tuzilgan yangi kompaniyalar orqali ötayotganini aniqlaşgandi. Bu borada qöşni respublikadada faoliyat olib boradigan banklar parallel import orqali yetkazib beriladigan protsessorlar, mikrosxemalar va boşqa elektronika uçun Rossiya kompaniyalaridan tölovlarni ham bloklagandi.
Kollektiv ğarb sanksiyalarni çetlab ötişda Rossiyaga yordam berayotgan yöllarni yopişga jiddiy kirişdi. Ötgan yili sanksiyalar böyiça maxsus vakil tayinlangan edi. Yevroittifoqda allaqaçon e’lon qilingan ikkilamçi sanksiyalar mavjud va ularni çetlab ötişda Rossiyaga yordam berayotgan kompaniyalar jazolanadi. Şunday ekan, bu Rossiyaning qöşnilari, xususan, Özbekistonning iqtisodiy ösişi uçun ham jiddiy tahdiddir. YeI Rossiyaga qarşi navbatdagi sanksiyalar paketini tayyorlamoqda. Yangi jazolar paketining muhim qismi ularni çetlab ötişning oldini oliş mexanizmi böladi, deyilgan rasmiy Bryussel tomonidan berilgan izohda.
Ötgan davr mobaynida Özbekistonda röyxatdan ötgan bir qança taşkilotlar ham allaqaçon sanksiyalarga uçradi. Dastlab, ötgan yilning iyun oyida AQŞ Davlat departamenti tomonidan Promcomplektlogistic korxonasiga çeklovlar joriy qilingan bölsa, keyinçalik Alfa Beta Creativeva GFK Logistic Asia kompaniyalari ham Ğarbning qora röyxatiga tuşdi. Ular sanksiyalarni çetlab ötgan holda Rossiya mudofaa sanoati ehtiyojlari uçun mahsulot sotib olişga uringanlikda ayblangan.
Şuningdek, AQŞ milliarder Alişer Usmonovning qarindoşlari va kompaniyalariga sanksiya qöllaşi fonida Özbekistonning “Ohangaronsement” zavodi ham çeklovlarga tuşgandi.
Agar kompaniya ikkilamçi sanksiyaga tuşsa, xalqaro tranzaksiyalarni amalga oşira olmaydi, AQŞ yoki YeI valutasidan foydalana olmaydi va asosan mamlakat içida faoliyat olib borişga majbur böladi. Şu jihatdan, Özbekistondagi qança köp kompaniya sanksiyaga uçrasa, dunyodan uzilib qoliş kölami şunçalik köpayadi.
Şuningdek, yirik texnologik kompaniya – NVIDIA ham bir qança possovet mamlakatlari qatorida Özbekistonga ham ba’zi maxsulotlarini yetkazib berişni töxtatmoqda. Jumladan, A100, A800, H100, H800, L40 va L40S grafik kartalarini, şuningdek Geforce RTX 4090 videokartalari yetkazib berilmasligi közda tutilgan. Maqsad – mazkur davlatlar orqali texnologik mahsulotlar Rossiyaga yetib borişining oldini oliş.
Ğarb sanksiyalarining işlaş tabiati
Ğarb sanksiyalarining işlaş mexanizmi uzoq muddatli davrga möljallangan. Jumladan, SSSRga qarşi sanksiyalar közda tutilgan Jyekson-Venik tuzatişi 1974 yilda kiritilgan bölib, sovet ittifoqi yöq bölib ketganiga qaramay bir vaqtlar uning tarkibida bölgan Özbekiston hamon bu röyxatdan çiqarilmagan. Bu şuni anglatadiki, AQŞ yoki boşqa Ğarb davlatlarining sanksiyalariga uçragan kompaniya uzoq yillar davomida undan çiqib keta olmasligini anglatadi.
Sanksiyalar kiritiş – murakkab jarayon, ularni bekor qiliş esa undan-da murakkab. Şu jihatdan, sanksiyalar joriy etilişiga sabab bölgan omillar bir kunda yöqolib ketsa ham, sanksiyalar bir kunda bekor bölmaydi. Ular uzoq yillar davomida savdo munosabatlarining çeklanişiga ta’sir körsatişda davom etadi.