Toşkentdagi «Çilonzor Oqtepa», Surxondaryodagi «Dalverzintepa», Andijondagi «Mingtepa», Samarqanddagi «Şeroz qal’a» va Qoraqalpoğistondagi «Qöyqirilgan qal’a» arxeologik yodgorliklarida oçiq osmon ostidagi muzeylarni yaratiş ustida iş olib borilmoqda.
Özbekistondagi beşta arxeologik yodgorlik oçiq osmon ostidagi muzey va sayyohlik obektlariga aylanadi.
Hududiy restavratsiya markazlari tomonidan Toşkentdagi «Çilonzor Oqtepa», Surxondaryo viloyatidagi «Dalverzintepa», Andijon viloyatidagi «Mingtepa», Samarqand viloyatidagi «Şeroz qal’a», Qoraqalpoğistonning Ellikqal’a tumanidagi «Qöyqirilgan qal’a» arxeologik yodgorliklarida qator işlar amalga oşirildi.
«Şeroz qal’a» arxeologik yodgorliklarini muzeylaştiriş uçun Madaniy meros agentligi tomonidan 1 mlrd söm, «Dalverzintepa» 800 mln söm, «Çilonzor Oqtepa»ga 500 mln söm mablağ ajratildi.
Obektlarning konvervatsiyalanadigan qismlari metall konstruksiyalar bilan qoplangan yoki panjara bilan öralgan böladi. Kuzatuv maydonçalari quriş, taşrif buyuruvçilar uçun örindiqlar joylaştiriş, yölakçalar yotqiziş, lampalar örnatiş ham rejalaştirilgan.

















