2023 yil yanvar oyida jamoatchilik Buxoro shahri markazida turistik majmua qurilishidan xabar topgan edi. Loyihaga ko‘ra, buning uchun Ibrohim Mo‘minov, Hamza va Xofiz Tonish ko‘chalari kesishmasida joylashgan 32,6 gektar hududdagi binolar, xususan markaziy stadion ham buzib tashlanishi ko‘zda tutilgandi.
O‘z navbatida, Buxoroning yangi ma’muriy markazi Gulchorbog‘ va Otbozor mahallalari hududida tanlangan 1000 gektar yerda qurilishi, unga davlat tashkilotlari joylashtirilishi kerak edi. Jamoatchilik e’tirozlaridan keyin turistik markaz loyihasi to‘xtatilgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu masala yana kun tartibiga qaytgan. Bir necha kun ilgari Buxoro shahar hokimligi Cho‘lpon ko‘chasidagi baydarka va kanoeda eshkak eshish sport majmuasiga ko‘chirilgan.
Kun.uz muxbiri hokimlik binosida bo‘lib, bino bo‘shatilgani, faqat yig‘ilishlar uchun majlislar zali ishlab turganiga guvoh bo‘ldi. Ammo bu haqda hokimlikning rasmiy sahifalarida ma’lumot berilmagan. Hokimlik vakilining aytishicha, bino kapital ta’mirlanayotgani sababli hokimiyat vaqtincha boshqa joyga ko‘chgan. U markaz buzilayotgani uchun hokimiyat ko‘chirilganini rad etdi.


Mahalliy jurnalistlardan biri esa ko‘chish sababi “snos” bilan bog‘liqligini aytmoqda.
“Bu aniq edi. Turizm shaharchasi baribir shu yerdan quriladi. Ammo hozircha jimjitlik. Buzish boshlanmagan, tayyorgarlik ko‘rilyapti”, –



















