Ğazo sektorida inson hayotiga oçiqdan-oçiq e’tiborsizlikni sözsiz qoralaş kerak. Bu haqda Şotlandiya boş vaziri Hamza Yusuf ma’lum qildi.
«Jabaliya qoçqinlar lagerida begunoh erkaklar, ayollar va bolalar; Dunyo sizni himoya qila olmaganidan afsusdaman», — deb yozdi Hamza Yusuf X ijtimoiy tarmoğida.
U bolalar ölimining oldini olişga çaqirdi va tezroq öt oçişni töxtatiş zarurligini ta’kidladi.
Avvalroq Ğazo Soğliqni saqlaş vazirligi Isroil harbiy samolyotlari Ğazo sektori şimolidagi Jabaliya qoçqinlar lageriga hujum qilganini ma’lum qilgandi.
7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.
HAMASning bildirişiça, operatsiya bosib olingan Şarqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kiriş va isroillik muhojirlarning falastinliklarga nisbatan zöravonligi kuçayib borayotganiga javoban amalga oşirilgan.
Bunga javoban Isroil armiyasi Ğazo sektorida HAMASga qarşi önlab qiruvçi samolyotlardan foydalangan holda «Temir qiliçlar» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi.
Isroil-Falastin mojarosi avj olgandan beri 8,5 mingdan ortiq falastinlik va 1400 nafar isroillik halok böldi.
Isroilda qurbonlar soni 1400 dan oşadi. Ğazoning 2,3 million aholisi Isroilning havodan ommaviy bombardimon qilişi va eksklavning töliq blokadasi tufayli oziq-ovqat, suv va dori-darmonlar tanqisligidan aziyat çekmoqda.


















