Bu hodisa anklav şimolidagi Jabaliya şahrida röy bergan, mazkur hududda Isroil qöşini Hamasga qarşi amaliyot olib bormoqda. Harbiylar röy bergan hodisa tafsilotlari va sabablari örganilayotganini ma’lum qilgan.

Dastlabki tergov işlari körsatişiça, askarlar Jabaliyadagi qoçqinlar lagerida joylaşgan binoga kirişgan, bu bino isroilliklarning şu hududda turgan tanklaridan bir neça ön metr masofada bölgan. Tank ekipaji binoda qurollarni körib, unga qarata ikki bor öq uzgan.

Döstona zarbadan yana yetti nafar askar yaralangan, ulardan uç nafarining ahvoli oğir.

Avvalroq TsAHAL öz qismlarini Jabaliyadan olib çiqqandi, ammo duşanba kuni isroilliklar yana şaharga kirişdi, bu u yerda Hamas a’zolari qaytadan guruhlanayotgani bilan izohlangan.

TsAHAL Jabaliya böylab aviazarbalar berişni boşlagan şanba kunidan buyon u yerni ön minglab tinç aholi vakillari tark etgan.

AQŞ Isroilga qöşimça qurol yubormoqda

OAV ma’lumotiga köra, AQŞ prezidenti ma’muriyati Kongressni Isroilga 1,2 milliard dollar miqdoridagi yangi harbiy yordam paketi yubormoqçi ekanidan xabardor qilgan. Şu bilan birga, Oq uy sönggi vaqtlarda köp marta Isroilni Rafahda yirik va qonli amaliyot boşlamaslikka çaqirgandi va aviabombalarning bir partiyasini namoyişkorona töxtatib qöygandi.

Yangi yordam paketi Kongress tomonidan ma’qullanişi kerak. Associated Press agentligi ma’lumotiga köra, uning tarkibi tanklar uçun 700 mln dollarlik öq-dorilar, 500 mln dollarlik zirhli maşinalar va 60 mln dollarlik minomyot minalardan iborat böladi.

«Biz harbiy yordam jönatişda davom etamiz va Isroil barça qurollarni töliq hajmda olişini kafolatlaymiz», — degan duşanba kuni jurnalistlarga prezident Baydenning milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçisi Jyeyk Sallivan qonunda Isroil, Ukraina va Tayvan uçun köp milliardlik yordam ajratiş közda tutilganini nazarda tutib.

Sönggi oylarda AQŞ ma’muriyati Isroilni Ğazodagi uruşni tartib bilan olib boriş va tinç falastinliklar hayotini asraşga çaqirib kelayotgandi. Ötgan haftada prezident Jo Bayden AQŞ Isroilga 900-kilogrammlik aviabombalar partiyasini yetkazib beriş töxtatilganini tasdiqlagandi.

«Bu bombalar qöllanişi oqibatida Ğazoda tinç aholi halok bölmoqda», — degandi Bayden CNN uçun intervyuda.

Isroilga harbiy yordam yetkazib beriş Baydenni şu yil noyabrda bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida Demokratik partiyaning Falastin tarafdorlari bölgan elektorati ovozidan mahrum qilişi mumkin.