Bugun, 3 noyabr kuni Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasi tomonidan pedofiliyada ayblangan sobiq amaldor işi körib çiqildi. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Taşanov öz Facebook sahifasida ma’lum qildi.
“Hozirgina Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati appelyatsiya instansiyasida Xorazm viloyati Adliya boşqarmasi sobiq rahbari Oybek Maşaripov va Yangiariq tumani FVV sobiq boşliği Anvar Kuryazovga nisbatan 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi”, – deb yozdi huquq faoli.
Ötkazilgan sud işi böyiça Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ham rasmiy axborot berdi.

“Bugun Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasida A. M. (1979 yilda Nukus şahrida tuğilgan, Xorazm viloyati Adliya boşqarmasi boşliği lavozimida işlagan) va A. Q. (1984 yilda Yangiariq tumanida tuğilgan, Yangiariq tumani Favqulotda vaziyatlar bölimi boşliği lavozimida işlagan) ga oid jinoyat işini apellyatsiya tartibida yangidan körib çiqiş böyiça sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Uşbu jinoyat işi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat işlarining oşkora körilişi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida körib çiqildi.
Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 3 noyabrdagi hukmi bilan jinoyat işlari böyiça Xiva tuman sudining 2022 yil 6 sentabrdagi hukmining A. M. va A. Q. ga oid qismi bekor qilinib, sudlanuvçilar A. M. va A. Q. Jinoyat kodeksining oldingi tahrirdagi 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 1-qismi va 128-1-moddasi (ön olti yoşdan ön sakkiz yoşgaça bölgan şaxsga moddiy qimmatliklar beriş yoxud uni mulkiy manfaatdor etiş orqali u bilan jinsiy aloqa qiliş) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va Jinoyat kodeksining 59-moddasi (bir neça jinoyat sodir etganlik uçun jazo tayinlaş) tartibida ularning har biriga uzil-kesil 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi”, deyiladi rasmiy axborotda.














