“Respublikada yaşillik darajasini yanada oşiriş, “Yaşil makon” umummilliy loyihasini izçil amalga oşiriş orqali ekologik barqarorlikni ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
“Yaşil makon” umummilliy loyihasini amalga oşirişda davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablağlarning kamida 50 foizi “yaşil boğlar” va “yaşil jamoat parklari”ni taşkil qiliş uçun “Oçiq budjet” axborot portali orqali jamoatçilik fikri asosida şakllangan “Mening boğim” loyihalarini moliyalaştirişga yönaltiriladi.
Bunda, aholi taşabbusi bilan “yaşil boğlar” va “yaşil jamoat parklari”ni taşkil qiliş böyiça maydon manzili va rasmlari körsatilgan holda qiymati 250 mln sömdan oşmagan taşabbus bildiriladi.
“Mening boğim” loyihalarini şakllantiriş va ularga ovoz beriş jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida ötkaziladi.
Farmonga muvofiq, avtomobil, temiryöl, daryo va kanallar yoqalari, davlat organlari va taşkilotlari yer uçastkalarining foydalanilmayotgan qismida (örmon fondi yerlari bundan mustasno) “yaşil boğlar” uşbu yerlarning egalari, foydalanuvçilari hamda taşabbuskor jismoniy va yuridik şaxslar örtasida 10 yilgaça tegişli şartlarda töğridan-töğri tuziladigan ikki tomonlama şartnoma asosida barpo etiladi.
Yer uçastkalari respublika va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga “yaşil boğ” barpo etiş uçun doimiy foydalaniş huquqi asosida beriladi.
Har yili “Eng yaşil mahalla” tanlovi ötkazilib, natijalar böyiça ğolib bölgan 14 ta mahallaga Ekologiya jamğarmasi mablağlari hisobidan:
- mahallaning tegişli jamğarmasiga daraxtlar ekiş va suğoriş, “yaşil jamoat parki”ni yaratişga jami 500 million sömdan ötkazib beriladi;
- özini özi boşqariş organlariga xizmatda foydalaniş uçun 1 tadan elektromobil xarid qiliş va topşiriş çoralari köriladi.
2024 yilda örmon fondining 1,5 ming gektar yer maydonlarida kasanaçilik asosida köçat yetiştiriş işlarini yölga qöyiş orqali kamida 10 ming nafar aholi bandligi ta’minlanadi.
Jismoniy va yuridik şaxslarning buyurtmanomalari asosida daraxt va buta köçatlarini ekişni taşkillaştirişni qöllab-quvvatlaş maqsadida elektron tölov tizimlaridan foydalanuvçilar va boşqa iste’molçilar tomonidan ixtiyoriy xayriya ötkazmalari böyiça xizmat körsatuvçi “Yaşil tölov” platformasi joriy qilinadi.












