Radarlar bilan boğliq navbatdagi nizoli holat Xorazm viloyatida yuz berdi: tadbirkor tomonidan beton simyoğoçga örnatilgan radar haydovçi tezlikni oşirganini qayd qilgan, viloyat IIB YHXB jarima qöllagan. Haydovçi esa tezlikni oşirmaganligini, radar belgilangan talablarga zid ravişda örnatilganligini aytib, sudda yutib çiqqan.

Holat qanday bölgan?  

Haydovçi Mansurbek Madaminov 2023 yilning 14 avgust kuni işonçnoma asosida “Glass Pro” MÇJga tegişli Cobalt maşinasini Urganç şahri, Xonqa köçasida boşqarib ketayotib, radarga tuşgan. Radar moslamasi u maşinani 60 km/s tezlik çegaralangan hududda 68 km/s tezlikda boşqarganligini qayd qilgan.

Xorazm viloyati IIB YHXB MAI inspektori Tolibjon Davletov tomonidan 15 avgust kuni jarima qöllaş töğrisida qaror qabul qilingan.

Inspektor qarorida ham “Glass Pro” MÇJga tegişli Cobalt maşinasi yuqoridagi manzilda soat 10-35 da 60 km/s tezlik çegaralangan joyda 68 km/s tezlikda harakatlangani yozib qöyilgan.

Ammo Mansurbek Madaminov tezlikni oşirmaganligini va radar notöğri örnatilganligini aytib, sudga murojaat qiladi.

Sud 2023 yil 5 oktyabr kuni haydovçining arizasini qanoatlantirgan holda ma’muriy jazo qöllaş haqidagi qarorni bekor qilib, işni qayta köriş uçun Xorazm viloyati IIB YHXBga yuboradi.

Biroq iş qayta körilmaydi va ayni şu holat böyiça yana jarima qöllaş haqida qaror qabul qilinadi.

Sud 10 noyabr kuni Mansurbek Madaminov şikoyati asosida işni yana körib çiqib, Xorazm viloyati IIB YHXB MAI inspektori Tolibjon Davletovning 1 noyabr kunidagi jarima qöllaş töğrisidagi qarorini bekor qiladi hamda ma’muriy huquqbuzarlikka oid işni tugatadi.

Beton simyoğoçga örnatilgan radar noqonuniy 

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi qarori bilan “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan avtomobil yöllarida yöl harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlaştirilgan foto va video qayd etiş dasturiy-texnik vositalarini örnatiş va ekspluatatsiya qiliş tartibi töğrisida”gi Nizom tasdiqlangan.