Prezident Şavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni farmatsevtika va elektrotexnika sanoatida işlab çiqarişni yanada qöllab-quvvatlaş, korxonalarning eksport salohiyatini oşiriş masalalari böyiça yiğiliş ötkazdi.
Unda qayd qilinişiça, Özbekistonda yiliga 1,6 milliard dollarlik dori-darmon iste’mol qilinadi. Bunda mahalliy mahsulotlar uluşi bor-yöği 18 foiz, qolgani import hisobidan qoplanayapti. Şu bois yiğilişda mahalliy işlab çiqarişni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
– Sönggi yillarda bu sohaga katta kömak va mablağ berildi, farmatsevtika zonalari taşkil etildi. Lekin bundan töla foydalanilmayapti. Mahalliylaştirişni kengaytiriş, tadbirkorlar loyihalarini qöllab-quvvatlaş, ularning mahsulotlari xaridorgirligini ta’minlaş kerak. Buning zamirida qança iş örni, qança odamlarning roziligi bor, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Bu borada xorij tajribasini örganiş, maşhur brendlarni mamlakatimizga jalb etiş muhimligi ta’kidlandi. Jumladan, eng köp iste’mol qilinadigan 50 turdagi dorini yurtimizda işlab çiqariş orqali mahalliylaştiriş uluşini 35 foizga yetkaziş mumkinligi körsatib ötildi.
«Tashkent Pharma Park» klasteri qurilişini jadallaştiriş, unga xususiy şerikni jalb etiş zarurligi aytildi. Şuningdek, farmatsevtika korxonalariga «GMP» xalqaro standartiga ötiş va markirovkalaş tizimini yölga qöyişda kömaklaşiladi.

Umuman, bu sohada 1,5 milliard dollarlik 173 ta loyiha şakllantirilgan. Ularni moliyalaştiriş uçun 600 million dollar yönaltiriladi.
Mutasaddilar bularning natijasida 2024 yilda 400 million dollarlik mahsulot işlab çiqarilişi, 160 million dollar eksport ta’minlanişi böyiça axborot berdi.
Yiğilişda elektrotexnika sanoatiga doir masalalar ham körib çiqildi.
Qayd qilinişiça, Özbekistonga yiliga 800 million dollarlik elektrotexnika tovarlari import bölmoqda. Umuman olganda, mintaqada 3 milliard dollarlik bozor bor.
Bunda munosib örin egallaş uçun nufuzli brendlar bilan hamkorlik örnatib, raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş zarurligi qayd etildi. Kelgusi yilga möljallangan 2 milliard dollarlik 141 ta loyihada bunga alohida e’tibor qaratiladi.

















