Şu yil 17 oktyabr kuni «Qumtex Invest» MÇJ rahbari Ural Begimqulov Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani hokimligiga 400 million sömdan qimmat turuvçi avtomobil sovğa qilgan edi. Jamoatçilik noroziligidan söng Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi holat yuzasidan örganiş ötkazib, hokimlikka korrupsiyani keltirib çiqaruvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş çoralarini köriş haqida taqdimnoma kiritgan.

Kun.uz muxbiriga intervyu bergan agentlik direktori Akmal Burhonovga köra, uşbu holatda manfaatlar töqnaşuvi aniqlanmagan. Lekin hokimlikka sovğa qilingan avtomobil narxi hukumat qarorida belgilangan me’yorlardan yuqori.

Şu sababli Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani hokimi Anvar Normamatov taqdimnomaga asosan, avtotransport vositasini hokimlik balansiga ötkaziş haqidagi farmoyişini bekor qildi.

Oktyabr oyida hokimlikka qimmatbaho avtomobil sovğa qilgan şaxs – Ural Xalmurzayeviç Begimqulov bölib, u «Qumtex Invest» MÇJning rahbari hisoblanadi. Yaşaş uçun möljallanmagan binolarni quriş bilan şuğullanadigan bu korxona ta’sisçilari turli xil klaster va tekstillarga çatişib ketgan.

Qumqörğon tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan söng farmoyişni jamoatçilikdan yaşirib qöygan edi.

Ma’lumot uçun, amaldagi hukumat qarori bilan tasdiqlangan me’yorlarga köra, Özbekistondagi barça tuman va şahar hokimliklari uçun xizmat maşinalarini sotib olişning eng yuqori narxi BHMning ming barobaridan (hozirgi kunda 330 mln söm) oşmasligi kerak. Hokimlikka sovğa qilingan Equinox avtomobilining eng arzon opsiyalari esa 408,4 million sömdan boşlanadi.