Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan 5 ta holatda 7 nafar xodimga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Bu haqda vazirlik yetakçi mutaxassis Oybek Samadov ma’lumot berdi. 

Xabarda jinoyat işi qaysi moddalar asosida qözğatilgani va uşbu xodimlarning ismi-şarifi, lavozimiga aniqlik kiritilmagan. 

Qayd qilinişiça, Iqtisodiyot va moliya vazirligi markaziy apparati va uning hududiy boşqarmalari xodimlaridan manfaatlar töqnaşuvi töğrisida 3699 ta deklaratsiya olingan. Ularda körsatilgan ma’lumotlarga asosan 14 ta holatda qarindoş-uruğçilik holatlari aniqlangan. Şuningdek, vazirlikning hududiy tuzilmalarida joriy yilning uçinçi çoragiga asosan 7 ta salbiy holat sodir etilgan. 

Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligida «Korrupsiya — taraqqiyot kuşandasi» mavzusida ötkazilgan tadbirda ma’lumot berildi. Unda ta’kidlanişiça, davlat xaridlarida korrupsiyaga yöl qöymaslik — qonun va sohadagi boşqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilişi holatlariga oid ma’lumotlarni oçiq axborot manbalarida e’lon qilib boriş amaliy ahamiyatga ega.