Farğona viloyatida 27 noyabr kuni sportning jangovar turi bilan şuğullangan Humoyun Töxtamurodov guruhbozlikka intilib, atrofiga turli tezkor vaziyatga salbiy ta’sir qiluvçi şaxslarni yiğib, Qöqon şahrida ikki nafar şaxsga tan jarohati yetkazgan. U hodisa joyidan yaşiringan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan uşlanib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.
Viloyat IIB matbuot xizmati xabar berişiça, «Zarbdor 40 kunlik» doirasida Farğona viloyatida tezkor vaziyat barqarorligini ta’minlaş, jinoyatçilikni jilovlaş borasida hamkorlikdagi tezkor-qidiruv profilaktik tadbirlari ötkazilmoqda.
Xususan, tezkor ma’lumotlar asosida kriminogen muhit mavqeyiga ega bölgan 248 nafar şaxsning yaşaş va boşqa manzillarida kompleks tezkor qidiruv tadbirlari ötkazilgan. Şuningdek, jinoyat sodir etişga moyil bölgan şaxslarning huquqbuzarliklarini aniqlaş böyiça 106 marta faol tezkor qidiruv tadbirlari ötkazilib, 66 ta jinoyatlar aniqlandi.
Mazkur tadbirlar davomida:
- 4 kg 749 gramm giyohvandlik vositalari;
- 78 dona psixotrop va kuçli ta’sir qiluvçi moddalar;
- 41 ta qurol, öq dorilar va sovuq qurol sifatida foydalaniş mumkin bölgan aşyolar olindi.
- 45 dona turli xil kompyuter, telefon hamda diniy adabiyotlar;
- jinoyat sodir etib, sud va tergov organlaridan yaşiringan 37 nafar qidiruvdagi şaxslar uşlandi.
Ötkazilgan maxsus tadbirlar davomida guruhbozlik qilgan jami 22 nafar şaxs bezorilik ustida uşlanib, ularning faoliyatiga çek qöyildi.

Qöşimça qilinişiça, 22 noyabr kuni Oltiariq tumanida guruhbozlikka intiluvçi ikki guruh vakillari A.Rustamov va T.Mirzarahimov örtasida janjal kelib çiqqan. Ötkazilgan tezkor işlar davomida 15 nafar guruhbozlar va ularning izdoşlari qölga olinib, jazo muqarrarligi ta’minlandi.

Şuningdek, Farğona şahrida ötkazilgan tezkor tadbir davomida uyuşgan guruhga rahbarlik qilib, fuqarolarni tovlamaçilik va mulklarni boşqa yöllar bilan talon-toroj qilgan A.Mamirov jinoyat ustida qölga olinib, tergov organlariga topşirildi.


















