Buxoro viloyatida ötkazilgan keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlar davomida jinoyatlarga aloqador şaxslar qölga olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, IIB va uning hududiy organlari xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiliş organlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida sodir etilib, foş qilinmasdan qolgan 22 ta jinoyat foş etilgan hamda qidiruvda bölgan 31 nafar şaxs uşlangan. Tadbir davomida 1 ta odam öğirlaş va bosqinçilik, 8 ta giyohvandlik hamda psixotrop dori vositalari bilan qonunga xilof ravişda muomala qiliş, 2 ta noqonuniy ov quroli saqlaş hamda 9 ta boşqa turdagi jinoyatlar aniqlangan.

Mazkur jinoyatlarda gumon qilinuvçi şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, ularning 5 nafariga qamoqqa oliş hamda 15 tasiga boşqa turdagi ehtiyot çoralari qöllangan.

Şuningdek, reyd tadbirlari davomida 98 nafar şaxs bilan manzilli profilaktik işlar olib borilib, kriminogen vaziyatga ta’sir qiluvçi 38 nafar şaxs ma’muriy qamoqqa olingan. 

Bungaça Toşkent şahridan taşqari Toşkent, Farğona, Namangan, Andijon