Xorazm viloyatida ham içki işlar organlari tomonidan DXX viloyat boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor-profilaktik tadbirlar ötkazilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, tadbirlar davomida viloyat hududida turli jinoyatlarga aloqador fuqarolar aniqlanib, gumondorlarning yaşaş uylarida tintuvlar ötkazilgan. Jarayonda 4 kg 800 grammdan ortiq oğirlikdagi giyohvandlik moddalari, 97 dona psixotrop moddalar, 1 ta pnevmatik qurol, 2 ta sovuq qurol (bita va kastet) aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

“Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, 276-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat işlari qözğatilib, 3 nafar şaxs ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi IIB xabarida.

Qöşimça qilinişiça, tezkor-profilaktik tadbir davomida tergov va sud organlaridan yaşirinib yurgan 12 nafar şaxs uşlangan.

Oldinroq Namanganda tergov va sud organlaridan yaşirinib yurgan 35 nafar şaxs uşlangandi.