Rossiyaning Bryansk şahrida 7 dekabr, payşanba kuni 8-sinf öquvçisi 5-sonli gimnaziyada öt oçdi. Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinşteynning xabar berişiça, 14 yoşli qiz otasining «Bekas-3» ov miltiğini maktabga yaşirinça olib kelgan. Deputatning sözlariga köra, öz joniga qasd qilgan qizdan taşqari uning sinfdoşi ham olgan jarohatlaridan vafot etgan, jami tört kişi jarohat olgan.

Baza Telegram-kanali öquvçi biologiya darsi vaqtida öt oçganini yozdi. U gimnaziyaning törtinçi qavatiga kötarilib, xonaga kirgan va öq uzişni boşlagan. Kanal ma’lumotlariga köra, qiz ov miltiğidan öq uzgan.

Bryanskdagi maktabda yuz bergan otişma natijasida ikki kişi halok böldi, beş kişi yaralandi, deb xabar berdi Rossiya Tergov qömitasi. «Tergovning dastlabki ma’lumotlariga köra, 14 yoşli qiz maktabga miltiq olib kelgan va undan sinfdoşlariga qarata öq uzgan. Hodisa natijasida ikki kişi halok bölgan (ulardan biri otişma uyuştirgan qiz), beş kişi tan jarohati olgan, ular tibbiy muassasaga yetkazildi», — deyiladi xabarda. 

Soğliqni saqlaş vaziri yordamçisi Aleksey Kuznetsovning RBK’ga ma’lum qilişiça, jabrlanganlarning barçasi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan birining ahvoli oğir, qolganlarining ahvoli örtaça oğir deb baholangan.