Bryansk gimnaziyalaridan birida sodir bölgan şov-şuvli otişma natijasida ikki bola halok böldi va yana beş nafari yaralandi, politsiya uşbu ta’lim muassasasini qöriqlagan «Agenstva Ekskalibur» direktori va xodimini qölga oldi, deb xabar qilmoqda Rossiya OAV 8 dekabr, juma kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalarga tayanib.

Moskvalik tergovçilar agentlik ofisida, şuningdek, uning direktori Sergey Poddubniyning kvartirasida tintuv ötkazdi. Unga va otişma kuni işlagan xodimga nisbatan xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmat körsatiş holati böyiça iş oçilgan. Manbalarga köra, otişma sodir bölgan 5-sonli gimnaziyada metall detektor örnatilmagan. Mash xabar berişiça, ramka plastik öramga öralgan va elektr tarmoğiga ulanmagan bölgan. 

Bir kun avval qölga olingan maktabda otişma sodir etgan öquvçi qizning otasiga nisbatan qurolni ehtiyotsizlik bilan saqlaş moddasi böyiça iş oçildi. 

Otişma avvalroq sodir bölişi mumkin edi 

Bryanskdagi gimnaziyada maktab öquvçilariga qarata öq uzgan öquvçi qurolni otasidan olganini 8 dekabr kuni Rossiya Içki işlar vazirligi tasdiqladi. «Voyaga yetmagan qiz işlatgan ov miltiği otasiga tegişli bölib, qonuniy ravişda uyda saqlangan», — deyiladi xabarda. 

Gulag Telegram-kanaliga köra, qiz otişmani avvalroq amalga oşirişi mumkin edi – u avgust oyida maktabga qurol bilan kelmoqçi bölgan, biroq öşanda seyfda qurol yöq edi. U butun sentabr oyini ma’lum çatlarda ötkazgan, portlovçi qurilma yasaş böyiça qöllanmalarni örgangan va öz kundaligiga sinfdoşlarini öldirişni orzu qilganini yozgan. Dekabr oyida, mojaroli vaziyat yanada keskinlaşganida, qiz otasi qurolni seyfga solib qöyişini kutgan va şundan keyin uni maktabga olib kelgan.

Gimnaziyadagi otişma 

Gimnaziyaga kelgan qiz bir neça marta öq uzgan va keyin öz joniga qasd qilgan. Politsiya ma’lumotlariga köra, hodisa natijasida beş kişi jarohatlangan, bir maktab öquvçisi vafot etgan. 

Otişmada yaralangan va davolaniş uçun Moskvaga evakuatsiya qilingan ösmirlarning ahvoli oğir, ulardan biri operatsiya qilinmoqda, dedi Rossiya soğliqni saqlaş vaziri yordamçisi Aleksey Kuznetsov.