Tehron rasmiylari ölimidan söng Yevroparlamentning fikr erkinligi uçun Andrey Saxarov mukofoti bilan taqdirlangan eronlik kurd qiz Mahsa Aminiyning qarindoşlariga mukofotni oliş uçun Eronni tark etişiga ruxsat bermayapti. 9 dekabr kuni Fransiyadagi oilaning advokati Şirin Ardakani AFP agentligiga Aminiyning ota-onasi va ukasiga «Saxarov mukofotini oliş uçun Fransiyaga olib borişi kerak bölgan samolyotga çiqişiga ruxsat berilmadi», dedi.

Unga köra, oilaning amaldagi vizasiga bölişiga qaramay, Erondan çiqib ketiş taqiqlangan, pasportlari olib qöyilgan. Endi mukofotni oila nomidan Parijda bölgan advokat Saleh Nikbaxt qabul qiladi.

Yevroparlament rahbari Roberta Metsola Tehronni «Mahsa Aminiyning onasi, otasi va ukasiga safar qilişni taqiqlaş qaroridan voz keçişga» çaqirdi. Metsola X mikrobloglar xizmatida ular seşanba kuni Strasburgda «Erondan kelgan jasur ayollar bilan birga Saxarov mukofotini olişlari» kerakligi haqida yozdi. «Haqiqatni yaşirib bölmaydi», deb ta’kidladi Roberta Metsola.

Mahsa Aminiy vafotidan keyin ommaviy norozilik namoyişlari

Mahsa Aminiy 2022 yil 16 sentabrda boş kiyimni notöğri öraşda ayblanib, axloq politsiyasi tomonidan qölga olinganidan söng vafot etdi. Uning oilasi Mahsa politsiya zöravonligi tufayli vafot etganini da’vo qilmoqda. Tehron rasmiylari buni rad etadi.

Aminiyning ölimi butun Eronda «Ayol, hayot, ozodlik!» şiori ostida ommaviy norozilik namoyişlariga sabab böldi. Ular köp oy davom etdi. Nohukumat taşkilotlarga köra, namoyişlar çoğida 550 dan ortiq namoyişçi halok bölgan, yetti kişi qatl etilgan.

Saxarov nomidagi Yevroparlament mukofoti

«Fikr erkinligi» mukofoti sovet fizigi va huquq himoyaçisi Andrey Saxarov nomi bilan atalgan bölib, Yevropa parlamenti tomonidan 1988 yilda ta’sis etilgan. U inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilişda özini körsatgan şaxslar yoki jamoat taşkilotlariga beriladi. Mukofot miqdori 50 ming yevroni taşkil qiladi.

2022 yilda ukrain xalqi mukofot bilan taqdirlandi. 2021 yilda mukofotni öşa paytda qamoqda bölgan rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy, bir yil oldin - Belarus muxolifati va 2018 yilda - öşa paytda Rossiyadagi qamoqxonada uşlab turilgan ukrainalik rejissyor Oleg Sensov olgan.