Eronlik kurd qiz Maxsa Aminiy vafotidan keyin Yevropa parlamenti tomonidan berilgan «Fikr erkinligi» uçun Andrey Saxarov mukofoti bilan taqdirlandi. Axloq politsiyasi tomonidan öldirilgan qizning oilasi nomidan mukofotni 12 dekabr, seşanba kuni Strasburgda advokat Solih Nikbaxt, şuningdek, Aminiyning surgundagi singlisi Afsun Najafiy va faol Mersede Şixinkar qabul qildi. Aminiyning ota-onasi va ukasi Eron hukumati ularga mamlakatni tark etişga ruxsat bermagani uçun marosimga kela olmadi.

Yevroparlament raisi Roberta Metsola öz nutqida eronlik ayollarning adolat, erkinlik va inson huquqlari uçun kuraşdagi jasorati va matonatini töxtatib bölmas deb atadi. Uning sözlariga köra, Mahsa Aminiyning ovozi «butun dunyoda yangradi» va «Ayol, hayot, erkinlik» harakatining boşlanişini belgilab berdi. «Sizning jasoratingiz ğalaba qozonadi, çunki sizning maqsadingiz töğri», deb qöşimça qildi Yevroparlament rahbari.

Öz navbatida, Aminiyning onasi Mojgan Eftexari öz sözida qizini inkvizitsiya tomonidan qatl etilgan, keyin esa katolik çerkov tomonidan kanonizatsiya qilingan Janna D'Ark bilan taqqosladi. Örta asr faoli ham, Mahsa Aminiy ham ölimlari orqali çegaralardan oşib ketişdi hamda emansipatsiya va ozodlik istagini yangiladilar, dedi u.

2023 yil Saxarov mukofoti laureatlari - Mahsa Aminiy va Eron ayollari harakati

Bu yilgi Saxarov mukofotining ikkinçi laureati «Ayollar, hayot, erkinlik!» şiori ostida ayollar huquqlari uçun Eron ommaviy harakati böldi. «22 yoşli Jina Mahsa Aminiyning şafqatsizlarça öldirilişi buriliş nuqtasi böldi. Bu tarixga kiruvçi ayollar harakatining boşlanişi edi», - dedi Roberta Metsola laureatlarni e’lon qilar ekan.

Mahsa Aminiy 2022 yil 16 sentabrda boş kiyimni notöğri öraşda ayblanib, axloq politsiyasi tomonidan qölga olinganidan söng vafot etdi. Uning oilasi Mahsa politsiya zöravonligi tufayli vafot etganini da’vo qilmoqda. Tehron rasmiylari buni rad etadi.

Aminiyning ölimi butun Eronda «Ayol, hayot, erkinlik!» şiori ostida ommaviy norozilik namoyişlariga sabab böldi. Ular köp oy davom etdi. Nohukumat taşkilotlarga köra, namoyişlar çoğida 550 dan ortiq namoyişçi halok bölgan, yetti kişi qatl etilgan.