Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni iqtisodiy rivojlaniş, samarali boşqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari böyiça maslahatçi Suma Çakrabarti bilan uçraşuv ötkazdi.
Mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining natijadorligini oşiriş borasidagi çora-tadbirlarning borişi va kelgusi rejalar körib çiqildi.

Investitsiya va işbilarmonlik muhitini takomillaştiriş, xorijdagi yetakçi kompaniya va moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yirik loyihalarni ilgari suriş böyiça olib borilayotgan işlar samaradorligini oşirişga alohida e’tibor qaratildi.

Özbekistonning Jahon savdo taşkilotiga a’zo bölişi jarayoni va mamlakatning xalqaro reytinglardagi örnini yuksaltiriş bilan boğliq masalalar muhokama qilindi.

















