Prokuratura xodimlari tomonidan ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand şahridagi töyxonalardan biri köp miqdordagi gazni noqonuniy tarzda öğirlab işlatgani aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, “Samarqandşahargaz” gaz ta’minot bölimi mansabdor şaxslari öz vakolatlarini suiiste’mol qilib şaroit yaratib berganliklari oqibatida, Samarqand şahridagi “S.N.” MÇJ rahbari A.M. va “X.S.” MÇJ jamiyatga qaraşli töyxonadagi gaz jihozlarini tabiiy gaz tarmoğiga özboşimçalik bilan ulab, jami 512,4 ming metr kub, 768,6 mln sömlik tabiiy gaz öğirlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan “S.N.” MÇJ rahbari A.M. va “X.S.” MÇJ rahbarlariga Jinoyat kodeksining 169-moddasi, “Samarqandşahargaz” gaz ta’minot bölimi mansabdor şaxslariga 205-moddasi va boşqa moddalar bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq, Toşkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelgan yaşirin sexlar aniqlangandi.
















