Yangi yil bayrami munosabati bilan ichki qatnovlar uchun qo‘shimcha reyslar joriy etilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov AOKAda o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Avtovokzallar
Qayd etilishicha, 20 dekabrdan 7 yanvargacha «Toshkent» va Abu Saxiy hamda hududiy avtovokzallardan kunlik grafik asosida qatnovchi reyslardan tashqari 381 ta qo‘shimcha reyslar ishga tushiriladi. Bu orqali 18 ming 669 yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilishi kutilmoqda.
Xususan, «Toshkent» avtovokzalidan jami 14 ta yo‘nalishda 290 ta reys orqali 14 ming 210 yo‘lovchiga tashiladi.
Reyslar va tashiladigan yo‘lovchilar taqsimotining yo‘nalishlar kesimidagi raqamlari:
- «Toshkent-Qarshi» – 40 ta reys 1960 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Qorako‘l-Olot» – 36 ta reys 1764 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Termez» – 28 ta reys 1372 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Shaxrisabz» – 16 ta reys 784 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Denov-Uzun» – 23 ta reys 1127 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Buxoro» – 103 ta reys 5047 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Zarmitan» – 5 ta reys 245 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Djush» – 5 ta reys 245 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Zarafshon» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Uchkuduk» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Mirbozor-Xatirchi» – 8 ta reys 392 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Urgench» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi;
- «Toshkent-Xiva» – 9 ta reys 441 yo‘lovchi.
Abu Saxiy avtovokzalidan jami 7 ta yo‘nalishda 91 ta reys orqali 4 459 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentdan G‘ijduvon, Navoiy, Nukus, To‘rtko‘l, Beruniy, Boysun hamda Urganch yo‘nalishlariga 13 tadan reys ajratiladi va ularda 637 nafar yo‘lovchi tashiladi.
Vazirlikka ko‘ra, Toshkent shahrini boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi 44 ta shaharlararo yo‘nalishlarda 276 ta avtobuslar biriktirilgan bo‘lib, bayram arafasida ushbu avtobuslarning barchasi to‘liq faoliyat olib boradadi.
Temiryo‘llar

















