Loyihaning tuşuntiriş xatida qonun loyihasi uşbu sohadagi normalarni zamonaviy qonunçilik tendensiyalariga muvofiqlaştiriş lozimligidan kelib çiqib işlab çiqilganligi körsatilgan.

Amaldagi qonundan farqli ravişda yangi hujjat loyihasi boblardan iborat (9 ta bob). Unda şuningdek:

asosiy tuşunçalar (15 ta atamaning ta’rifi);
asosiy prinsiplar:
mustaqillik;
xolislik;
halollik;
professionalizm;
konfidensiallik;
Vazirlar Mahkamasining, vakolatli organ va uning komissiyalarining vakolatlari;
Baholovçilar reyestri va Ekspert xulosalarining yagona reyestrini yuritiş tartibi;
faoliyat sifatining içki va taşqi nazoratini amalga oşiriş tartibi va boşqalar aks ettirilgan.
 
Alohida normalar bilan sohadagi professional birlaşmalarning faoliyati tartibga solinmoqda, jumladan:

birlaşmalarning öz a’zolari tomonidan qonunçilikka rioya etilişi ustidan nazoratni amalga oşiriş böyiça vakolatlari;
ularning professional etika qoidalarini, metodik materiallarni va sohadagi me’yoriy hujjatlarni işlab çiqiş tartibi va boşqalar.