2024 yilda Özbekistonda elektr energiyasi işlab çiqariş körsatkiçlari talab eng yuqori böladigan paytlarda ham ehtiyojni 100 foiz qondira oladigan darajaga yetadi, deb va’da berdi energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov.
Energotizim rahbari bu haqda jurnalist Aziza Qurbonovaga bergan intervyusida aytib ötdi. Vazir tizimda qilinayotgan işlar haqida ma’lumotlar berib ötgaç, suhbat yakunida jurnalist unga quyidagiça savol bilan yuzlandi:
“Agar işlarimiz siz aytayotgandek şiddat bilan ketadigan bölsa, yaqin kelajakda mamlakatimizning barça hududida uzluksiz energota’minotga erişişimiz mumkinmi? Qança vaqtga ketişi mumkin? Siz bunga işonasizmi özi, şuning iloji bormi? Har bir qişloqda, har bir ovulda oxir-oqibat 99 foizga erişa olamizmi?”
Jörabek Mirzamahmudovga köra, vazirlik oldiga elekr energiyasi böyiça talabni 99 foiz emas, 100 foizga qondiriş vazifasi qöyilgan va bu natijaga 2024 yilda erişiladi.
“99 foiz degani – kimnidir ta’minlab bera olmadik degani. Sentyabr, oktyabr, noyabr oylarida texnik jihatdan qandaydir uziliş, avariyalarni inobatga olmaganda.... Biz ötgan yili noyabr oyida çeklov kiritişga majbur bölganmiz. Bu yil Xudoga şukr, noyabr oyida umuman çeklovlar kiritilmadi, barça korxonalar va aholiga bir maromda, uzluksiz yetkazib berildi.
Bizda oldin faqatgina qişda eng köp iste’mol bölardi, endi aholi daromadi oşib, hamma konditsioner işlatişi, köp qavatli uylarning köpayişi natijasida hozir yozda ham juda iste’mol yuqori bölyapti. Işga tuşadigan quvvatlar yozdagi talabni töliq ta’minlaş imkonini beradi.
Albatta, tizimda qayerdadir tarmoq uzilişi, transformator kuyişi, yonişi yoki nosozlik kelib çiqişi kabi hodisalar böladi, lekin generatsiya tarafidan biz keyingi yildan 100 foiz özimizning içki ehtiyojimizni qoplaş imkoniyatimiz paydo böladi. Buni ta’minlaymiz. Va şunday vazifa bizga qöyilgan. Agar qöyilgan vazifani bajara olmasak, nafaqat men, balki tizimimizdagi barça mas’ullar işlaşga noloyiqmiz deb öylayman”, – dedi energetika vaziri.
Ta’kidlaş lozim, Mirzamahmudov noyabr oyida elektr energiyasi böyiça “umuman çeklovlar kiritilmagani”ni aytgan bölsa-da, Kun.uz'da Toşkent viloyatining ayrim hududlarida kuniga 2 soatgaça rejali çeklov kiritilgani haqida ma’lumotlar bor.
















