Toşkentda Talabalar şaharçasi oldidan respublikaning bir qator hududlariga qöşimça avtobus qatnovlari yölga qöyilgan. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
2023 yil 23 dekabr sanasidan boşlab Özbekiston Milliy universiteti boş binosi qarşisidagi maydonda Olot, Qarşi va Termizga talabalar uçun qöşimça avtobus yönalişlari taşkil etilgan.
Ma’lum qilinişiça, bu iş Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda Toşkent şahrida tahsil oluvçi va qişki ta’til munosabati bilan doimiy yaşaş joylariga jönab ketuvçi talabalar uçun qöşimça qulaylik sifatida taşkil etilgan.
Avtobuslar qatnovi talab (buyurtma) mavjud bölgan Toşkent — Olot (Buxoro), Toşkent — Qarşi, Toşkent — Termiz yönalişlarida taşkil etilmoqda.
Toşkent-Olot (Buxoro) yönalişi böyiça avtobuslar Jizzax, Samarqand, Navoiyga boradigan talabalar uçun yönalişda belgilangan narxlarda xizmat körsatişi mumkin.
Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm, Namangan, Farğona, Andijon viloyatlariga jönab ketuvçi talabalar uçun alohida qöşimça temiryöl vagonlari taşkil etilgan. Uşbu yönalişlarda imtiyozli temiryöl çiptalari Özbekiston Milliy universiteti boş binosida taşkil etilgan sayyor kassa orqali berilişi ma’lum qilingan.















