Murmanskdagi «Atomflot» FDUKning töxtaş joyida «Sevmorput» yadroviy konteyner kemasida yonğin sodir böldi, deb xabar berdi Murmansk viloyati FVV boşqarmasi 24 dekabr, yakşanba kuni. Yonğin sabablariga aniqlik kiritilmagan.
«Sevmorput» yadroviy konteyner kemasi kayutalaridan birida yonğin sodir böldi. Yonğin maydoni 30 kvadrat metrni taşkil etgan. Moskva vaqti bilan soat 00:01 ga kelib u öçirildi, qurbonlar yöq», - deyiladi FVV bayonotida.
«Atomflot»: «Sevmorput»dagi yonğin reaktor qurilmasiga tahdid keltirib çiqarmadi
«Sevmorput» yadroviy konteyner kemasi kayutasidagi yonğin reaktor qurilmasiga tahdid solmadi, deya «Atomflot» FDUK matbuot xizmati xabarini keltirgan «Interfaks» agentligi. Korxona yonğin oqibatida heç kim jabrlanmaganini va «hayotni qöllab-quvvatlaş tizimlari» uçun xavf yöqligini ta’kidladi. Şuningdek, yonğinga «yuqori daraja» toifasi berilgani qayd etilgan.
«Atomflot» saytidagi ma’lumotlarga köra, «Sevmorput» yadroviy konteyner kemasi - RFda 29 MVt quvvatli yadroviy energiya qurilmasiga ega bölgan yagona muzyorar-transport kemasi. Kema 1988 yil 31 dekabrda suvga tuşirilgan. Yadroviy energiya qurilmasi dizel yonilğisi töliq zaxirasiga ega bölgan holda 9,5 ming kilometrgaça masofani bosib ötiş imkonini beradi. Kema qalinligi 1 metrgaça bölgan uzluksiz tekis muz maydonlarida taxminan 3,7 km/soat tezlikda mustaqil ravişda harakatlana oladi.

















