Qamaldagi Ğazo sektoriga hujumlar töliq töxtatilişi, insonparvarlik yordami yetkazib berilişi va hudud aholisini ota-bobolari yeridan quvib çiqarişga urinişlarga barham berilişi lozim. Bu haqda Falastin prezidenti Mahmud Abbos ma’lum qildi. U Ğazo sektorini jangovar harakatlar tugaganidan keyin nazorat ostiga olişi uçun uşbu şartlar bajarilişi kerakligini ta’kidladi.
Falastin ma’muriyati birlaşgan Falastin davlati sifatida Ğazo, Ğarbiy Sohil va Quddus böyiça majburiyatlarini bajarişga tayyor, biroq oldin Isroil öz qöşinlarini Ğazodan olib çiqişi kerak, dedi Falastin rahbari.
Abbosning ta’kidlaşiça, Ğazo sektorida Falastin taşkilotlari allaqaçon faoliyat körsatmoqda, u yerda falastinlik xodimlar va yoşlar bor va bu faoliyatning töxtatilişi haqida gap bölişi mumkin emas.
Prezident sözlariga köra, Falastin Ğazodagi aholi ehtiyojlari va muassasalar faoliyati uçun oyiga 140 million dollar ajratadi.
«Xalqaro konferensiya istalgan vaqtda taşkil etilişi mumkin. Ramalloh xalqaro huquqni ta’minlaş va Ğazo, Ğarbiy Sohil va Quddusni öz içiga oladigan Falastin davlatini yaratiş bilan boğliq takliflarni körib çiqişga tayyor», dedi Mahmud Abbos.
Falastin prezidenti Isroilning Ğazo sektorida Falastin ma’muriyatining faoliyatiga qarşi ekaniga e’tibor qaratdi.
«Isroil şu yerda qolib, Falastin hududini bölaklab taşlamoqçi. Ammo dunyo buni qabul qilmaydi. Nazariy jihatdan, Qöşma Ştatlar ham bunga qarşi», dedi Abbos.
Abbos Iordaniya va Misr vositaçiligida Ğazo sektoridagi qon tökilişini töxtatişga qaratilgan sa’y-harakatlar davom etayotganini, yaqin kelajakda BAA va Qatar kabi davlatlar iştirokida yiğiliş ötkazilişini ta’kidladi. Ular Ğazodagi jangovar harakatlar tugaganidan keyin öt oçişni töxtatiş va «yöl xaritasi» mavzusini muhokama qiladilar.
«Biz yaşaşga, mustaqillikka loyiq xalq ekanimizni jahon hamjamiyati tuşunişi vaqti keldi. Bizni işğol ostida qolişda davom etişimiz uçun heç qanday bahona yöq», deb qöşimça qildi Mahmud Abbos.














