Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yangi Toşkent şahrini barpo etiş direksiyasi uşbu yöl ötkazgiç qurilişi böyiça Gold Step Invest kompaniyasi bilan töğridan töğri şartnoma tuzdi. Direksiyaga Yangi Toşkent şahrini quriş doirasida şartnomalarni tendersiz tuziş huquqi berilgan.

Şartnomaning boşlanğiç qiymati – 350 mlrd söm (28,3 mln dollardan ortiq). 6 dekabr kuni imzolangan hujjat davlat xaridlari portaliga 27 dekabr kuni joylandi.

Telegram'dagi “Revizor” kanalining e’tibor qaratişiça, bu yirik davlat xaridida manfaatlar töqnaşuviga yöl qöyilayotgan bölişi mumkin.

Foto: Kun.uz

Gap şundaki, Yangi Toşkentni barpo etiş direksiyasi direktori Odilov Davronjon Qobiljonoviç bölib (bir vaqtning özida quriliş vaziri örinbosari ham hisoblanadi), u Quriliş vazirligida faoliyat boşlaşidan oldin aynan “Gold Step Invest” MÇJda direktor örinbosari bölib işlagan.

Qolaversa, korxona va taşkilotlar reyestriga köra, ayni paytda bu korxonaning 50 foizlik uluşiga Odilov Qobiljon Fraziloviç egalik qiladi. Uning familiyasi va ismi davlat buyurtmaçisining familiyasi va ota ismi bilan bir xil.

Kun.uz ular haqiqatan ham qarindoş ekani yoki unday emasligiga aniqlik kiritişni sörab, Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi matbuot xizmatiga murojaat qildi. Vazirlikdan javob bölgan taqdirda saytda qöşimça e’lon qilinadi.

Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi Kun.uz'ga holat yuzasidan örganiş işlari olib borilayotganini bildirdi.

Ma’lumot uçun, bu yöl ötkazgiç kelajakda Yangi Toşkent şahriga olib boradigan asosiy yölda joylaşgan. Bu yerda 1 ta köprik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qöşimça yöllar