2024 yil 2 yanvar kuni Kun.uz’da Namangan viloyati hokimligi sobiq amaldorining öğli ekani taxmin qilinayotgan yigit maşina boşqarişda qoidalarni ketma-ket buzgani va jarayoni Instagram'dagi sahifasida jonli yoritib borgani haqida xabar qilingandi.

«Heç kim yöq, siz xohlaganingizça tezlaşişingiz mumkin, ha, şunday», — degandi u videoda.

IIV YHXBB axborot xizmati xabar berişiça, qoidabuzar haydovçi uşlangan. Unga nisbatan çora körilib, Mercedes-Benz maşinasi jarima maydoniga joylaştirilgan.

Xabarda aytilişiça, 2023 yil 1 yanvar kuni Namangan şahridagi Islom Karimov köçasida davlat raqami 01 S 651 ZB bölgan Mercedes-Benz maşinasi haydovçisi yöl harakati qoidalarini qöpol ravişda buzib, tezlikni me’yordan oşirib, özi va özgalar hayotiga xavf tuğdiruvçi harakatlar sodir etgan.

2000 yilda tuğilgan uşbu haydovçi harakatlaniş davomida yöl harakati qoidalarining oltita bandini buzgan.

Jumladan:

  • maşina oynalarining tusi noqonuniy özgartirilgan (BHMning 25 barobari miqdorida jarima);
  • harakat davomida telefondan foydalangan (BHMning 3 barobari miqdorida jarima;
  • svetoforning qizil çiroğidan ötgan (BHMning 2 barobari miqdorida jarima);
  • avariya holatini keltirib çiqargan (BHMning 10 barobari miqdorida jarima);
  • avtomobilning davlat raqamini özboşimçalik bilan yeçib olib harakatlangan (BHMning 5 barobari miqdorida jarima);
  • tegişli hujjatlarsiz maşina boşqargan (BHMning 5 barobari miqdorida jarima).

Qayd etilişiça, haydovçiga sodir etgan qoidabuzarliklari uçun ma’muriy bayonnomalar tuzilgan. Mercedes-Benz jarima maydoniga joylaştirilgan.

«Bu men uçun ham, atrofimdagilar uçun ham juda xavfli ekan. Men özim uçun yetarli xulosalar çiqardim. Özbekiston xalqidan va Namangan xalqidan alohida uzr sörayman. Bu boşqa takrorlanmaydi. Xudo xohlasa, bundan buyon bunday huquqbuzarliklar bölmaydi», — dedi u.