Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda avtoraqamsiz holda qoidalarni buzib yurgan Equinox maşinasi tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV YHXBB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, videoda tasvirlangan holat 2023 yil sentabr oyida sodir bölgan. 2007 yilda tuğilgan ösmir otasiga tegişli maşinani uydan söroqsiz olib çiqqan.

Söng uning davlat raqamlarini yeçib, şahar köçalari böylab qoidalarni qöpol tarzda buzgan holda harakatlangan. Ösmir holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylagan.

Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan ösmir va maşina topilib, unga nisbatan tegişli çoralar körilgan.

Jumladan, maşina egasiga nisbatan:

·       Davlat raqamlarini özboşimçalik bilan yeçib harakatlangani uçun MJtKning 125-moddasi 5-qismi bilan;

·       Haydovçi yoşiga yetmasdan tegişli hujjatlarsiz maşina boşqargani va voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqarişga topşirgani uçun MJtKning 135-moddasi 2-qismi bilan;

·       Tegişli ruxsat olmasdan maşinaga tovuş çiqaruvçi va maxsus yoritiş uskunasini örnatgani uçun MJtKning127-moddasi 2-qismi bilan;

·       Yöl harakati qoidalarini buzib, avariya holatini keltirib çiqargani uçun MJtKning 128 prim 5-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.

Bunday holatda maşina jarima maydoniga joylaştirilişi lozim. Biroq ösmir yöl-transport hodisasiga uçragani va maşina ta’mirda bölgani uçun buning iloji bölmagan.

IIV YHXBB xabarida ösmir maşinani qanday holatda YTHga uçratgani va unda jabrlanganlar bölganmi yoki yöqmi, oydinlik kiritilmagan.

Avvalroq, sobiq amaldorning öğli ekani taxmin qilinayotgan haydovçi 2024 yil 1 yanvar kuni tunda Namangan şahrida Mercedes-Benz maşinasini davlat raqamini yeçib qöyib boşqargan va 6 ta qoidabuzarlik sodir etgani haqida xabar bergandik.

Bu haydovçi ham holatni Instagramʼdagi sahifasida jonli yoritib borgan. IIB YHXB xodimlari tomonidan haydovçi topilgan, unga nisbatan qonuniy çora körilgan. Maşina jarima maydonçasiga