Toşkent şahar hokimligi Qöyliq bozori joylaşgan hudud davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi bilan boğliq xabarlarga munosabat bildirdi. Unda qayd etilişiça, qurilish işlari doirasida Qöyliq dehqon bozorining töliq hududi davlat va jamiyat ehtiyojlari uçun olib qöyilişi közda tutilmagan, balki asosiy kiriş joyi oldidagi avtoturargoh hududining bir qismi va bir neçta vaqtinça savdo qurilmalarining örni qurilish jarayoniga jalb etiladi.

“Bunda, asosiy bino va savdo rastalarining aksariyati öz joyida qoladi. Loyihaga köra, jalb etiladigan hududning umumiy maydoni 10 ming kv metr atrofida böladi”, deyiladi bayonotda.

2022 yil 24 iyun kuni e’lon qilingan loyiha / Foto: Toşkent şahar hokimligi

Hokimlikka köra, Qöyliq buyum bozori ham töliq olib qöyilmaydi. Balki bu yerda ham avtoturargoh hududi va bir neçta vaqtinça qurilmalarning örni buziladi hamda ular uçun tovon puli tölab beriladi.

“Buyum bozorining ham asosiy paviloni öz joyida qoladi. Avtoturargoh hududi bilan birga işlarga jalb etiladigan umumiy maydon 6,3 ming kv metrni taşkil etadi. Işlar yakunidan söng, bozorlarning avtoturargohi xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda tegişli ruxsatnoma bölsa, köprik va yondoş yöllarning tayanç inşootlari ostida joylaştirilişi mumkin.

OAVda keltirilayotgan jadval faqatgina obektlar haqidagi umumiy ma’lumotni aks ettirgan bölib, ular buzilişidan dalolat bermaydi. Uşbu yer maydonlari yöl ötkazgiç, Bektemir yölidan TXAYga va TXAYdan Bektemir yöliga (Farğona yölining davomi) tuşuvçi yöllar qurilişi sababli davlat va jamoat foydasiga jalb etilmoqda”, deyiladi hokimlikning rasmiy munosabatida.

2022 yil 24 iyun kuni e’lon qilingan loyiha / Foto: Toşkent şahar hokimligi

Şahar hokimligi öz qarorini “poytaxtdagi yöl infratuzilmasini yaxşilaş, kommunikatsiya tarmoqlarini takomillaştiriş va tirbandliklarning oldini oliş” bilan izohlagan.

Avvalroq Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev 22 iyun kuni tegişli qarorni imzolab, Qöyliq bozori joylaşgan hududni davlat va jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyişga ruxsat bergani haqida