2024 yil 5 yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Let L-410 havo kemasida Toşkent–Termiz, Termiz–Sariosiyo, Sariosiyo–Toşkent yönalişida ilk sinov parvozlari amalga oşirildi.
Sinov parvozi prezidentning Sariosiyo tumanidan mahalliy yönalişlarda reyslarni yölga qöyiş hamda bozor tamoyillari asosida Termiz xalqaro aeroportidan mavjud talablardan kelib çiqib, mahalliy va xalqaro yönalişlarda parvozlar geografiyasi kengaytirilişini ta’minlaş böyiça topşiriği asosida amalga oşirilgan.

Ta’kidlanişiça, işçi guruh tomonidan ICAO xalqaro me’yorlariga muvofiq, Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlaridan foydalaniş talablari, mavjud infratuzilma, ATR-72 havo kemalarini qabul qiliş imkoniyatlari örganilgan. Şuningdek, yölovçi terminalini barpo etiş va zarur infratuzilmani yaratiş böyiça vazifalar belgilangan.
Qayd qilinişiça, barça vazifalar amalga oşirilganidan söng, Turizm qömitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini ta’minlaş böyiça ATR-72, Let L-410 va undan kiçik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yölga qöyiladi.

















