O‘zbekistonga chiqindi tashuvchi ilk elektromobil keltirildi
Elektromobil dastlab Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi, u tor ko‘chalarda yurishga ham mo‘ljallangan.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tashabbusi bilan endi respublikada chiqindi tashishda elektrda yurishga mo‘ljallangan texnika vositasidan foydalaniladi. Elektromobil chiqindi klasteri tomonidan Xitoydan keltirildi.
«Bugungi kunda ekologiya, xususan, chiqindi sohasida yangi texnologiyalar joriy qilinmoqda, — dedi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov. — Xitoyning Chengdu Shiny Technology Co Ltd kompaniyasi bilan hamkorlikda olib kelingan elektrotexnika vositasi, avvalo, atmosferaga zaharli tashlamalar chiqarmasligi bilan ahamiyatli. Ya’ni, bu mashina ekologiyaga zarar yetkazmaydi».
Xitoy kompaniyasi mutaxassisi Vey Go ushbu elektromobil atmosferaga zararsiz ekanligini, O‘zbekiston ham aynan shu jihatga e’tibor qaratganini ta’kidladi.
«Elektromobil Xitoyning Chenju shahrida ishlab chiqarilgan. Ekologik jihatdan zararsiz. O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikdan mamnunmiz va kelajakda chiqindi tashiydigan elektromobillarni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz», — dedi Vey Go.
Elektromobil dastlab Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi. E’tiborli jihati, u tor ko‘chalarda ham yurishga mo‘ljallangan.
«Mashina to‘liq quvvatda 300 kilometr masofani bosib o‘tadi. Bu esa kun davomida aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib, maxsus poligonlarga tashish imkonini beradi. Shuningdek, 3 tonnagacha yukni bemalol ko‘tara oladi», — dedi chiqindi klasteri rahbari Jahongir Xudoyberdiyev.
Ma’lumot uchun, 2023 yilda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan aholi yashash punktlaridan chiqindilarni olib ketishning signal usuli o‘rniga musiqali usul joriy qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘istonda onasidan ajralgan voyaga yetmagan qiz O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston | 19:10
-
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08
-
"Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti" o‘z faoliyatini boshladi
Jamiyat | 19:00
-
Deportatsiya qilinganlarga 2 yil davomida xorijga chiqish pasporti berilmaydi
O‘zbekiston | 18:53
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

15:11 / 26.03.2025
Toshkentga 6 mingga yaqin chiqindi qutilari yetishmaydi - Ekologiya boshqarmasi

09:41 / 26.03.2025