Mudofaa vazirligi ma’lumotiga köra, «Vatanparvarlik karvonlari» tarğibot guruhlari tomonidan viloyatlarning markazi va olis hududlarida «Yangi Özbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak ğurur va sadoqat timsolidir!» şiori ostida turli uçraşuvlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda harbiy-vatanparvarlik festivallarini ötkazib kelinmoqda.

Jumladan, Samarqand garnizonidagi harbiy xizmatçilar Samarqand tumanida, Kattaqörğon garnizonidagi harbiylar Iştixon tumanida, Jizzax garnizonidagi harbiylar Jizzax şahri va Şarof Raşidov tumanida ötkazgan bölsa, Navoiy garnizonidagi harbiy xizmatçilar esa Navoiy Kon-metallurgiya zavodi xodimlarini vatanparvarlikka undadi.

Şuningdek, tuman rahbarlari iştirokida harbiy orkestr sadolari jörligida ötkazilgan marafonlarda yoşlar davlat bayroğini baland kötarib, 5000 qadamni bosib ötdi.