Rossiyalik suzuvçi Ilya Sibirsev 2024 yildan Özbekiston bayroği ostida xalqaro musobaqalarda iştirok etadi.
22 yoşli sportçi Özbekiston suziş federatsiyasi tomonidan 2-18 fevral kunlari Qatarda ötkaziladigan suv sporti turlari böyiça jahon çempionatida iştirok etadigan sportçilar röyxatiga kiritilgan.
Qayd qiliş joiz, 2023 yil noyabr oyida Xalqaro suziş federatsiyasi (World Aquatics) Sibirsevga Özbekiston milliy jamoasi tarkibiga ötişga ruxsat bermagan edi. Ammo hozirgi vaqtda u World Aquatics veb-saytida Özbekiston vakili sifatida körsatilgan.
Ilya Sibirsev Qöşma Ştatlarda yaşaydi va ta’lim oladi. U Rossiya milliy jamoasi tarkibida 2019 yilda ösmirlar böyiça Yevropa çempioni, şuningdek, jahon çempionatining kumuş va bronza medali sovrindori bölgan.

















