Ukrainada urushning 690-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Vladivostokning sobiq meri, poraxo‘rlik uchun 12 yilga qamalgan Oleg Gumenyuk Ukrainaga urushga yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi.
- Afinada britanlarning The Tiger Lillies guruhi konserti bekor qilindi, guruh Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan.
- «Texnosili»ning sobiq xo‘jayini Mixail Kokorich Ukrainadagi urush tufayli Rossiya fuqaroligidan voz kechgani ma’lum bo‘ldi. Forbes bilan suhbatda ushbu tadbirkor unda boshqa mamlakat fuqaroligi borligini bildirgan, ammo qaysi mamlakat ekaniga oydinlik kiritmagan.
- Davosda Ukrainani qo‘llovchi davlatlarning to‘rtinchi sammiti o‘tkazildi, unda Volodimir Zelenskiyning «tinchlik formulasi» muhokama etildi.
- Dnipro aholisi bir yil muqaddam rossiyaliklar raketa zarbasidan vayron bo‘lgan turar joy binosi oldiga gullar va shamlar keltirishdi. O‘sha hujum oqibatida 46 kishi halok bo‘lib, 80 dan ortiq kishi yaralangandi.
Ukraina QK Chernihiv oblastida chegaralarni mustahkamlashda davom etmoqda
Ukrainaning Chernihiv oblasti Belarusning Gomel oblasti hamda Rossiyaning Bryansk oblasti bilan chegaradosh hisoblanadi. 2023 yil dekabrida Ukraina qurolli kuchlari Belarus bilan chegarani «Surovikin liniyasi» namunasi bo‘yicha mustahkamlashni boshladi, bunday mudofaa chiziqlari Rossiya armiyasi ukrainlarning yozgi qarshi hujumini to‘xtatish imkonini bergandi (harbiy ekspertlar Ukraina janubidagi «Surovikin liniyasi»ni Ikkinchi jahon urushidagi yirik muhandislik mudofaa istehkomlari bilan tenglashtirishgan). 2024 yil yanvarida ukrain harbiylari Bryansk oblasti bilan chegarani ham mustahkamlashga kirishishdi.

Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
























