Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz tumanida ikki yil oldin, 15 yoşida unaştirilgan qiz unga yigit tomonidan turli bosimlar ötkazilganini aytgan. U mazkur masalada Bolalar ombudsmaniga murojaat qilgani va hozirda holat taşkilot nazoratiga olingani ma’lum qilindi.
«M.M.ning aytişiça, hozirda u universitetning 1-kursida öqimoqda va öqişini davom ettiriş niyatida. Bir neça yildan buyon tanişi bölgan O.B. (yigit) unga turmuşga çiqişiga undab, turli şaklda bosim ötkazib kelmoqda. O.B. va M.M.ning ota-onalari özaro kelişib, qizning roziligisiz unaştiruv marosimini ötkazgan bölib, hozirda O.B. tomonidan unga turmuşga çiqişga undab, ruhiy bosim ötkazilmoqda», deyiladi xabarda.
Qiz Kun.uz muxbiri bilan suhbatda aytişiça, uni 2 yil avval – hali 15 yoşligida unaştirib qöyişgan.
«Men hali öqişni, öz sohamda örnimni topişni istayman. Keyingi vaqtlarda unga nisbatan ham fikrim özgarganini sezganidan keyin menga nisbatan turli bosimlar, tahdidlar qila boşladi. Agar unga tegmasam öz joniga qasd qilişini aytib qörqitdi. Hattoki ijarada yaşaydigan kvartiramizga kelib janjal kötaradi», deydi u.
Ayni paytda holat Bolalar ombudsmani, prokuratura va içki işlar organlari tomonidan örganilib, qizga himoya orderi berilgan. Uning ota-onasiga esa qizini turmuşga çiqişga majburlaş jinoiy javobgarlikka asos bölişi va buning huquqiy oqibatlari tuşuntirilgan.
- Ma’lumot uçun, Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47−3-moddasiga (Nikoh yoşi töğrisidagi qonunçilikni yoki nikoh tuziş tartibini buziş) köra, uşbu huquqbuzarlik BHMning 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi. Ayolni erga tegişga majbur qiliş yoki uning erga tegişiga tösqinlik qilganlik uçun esa Jinoyat kodeksining 136-moddasiga köra, jarima, axloq tuzatiş işlari, 3 yilgaça ozodlikdan çeklaş yoki ozodlikdan mahrum qiliş jazolari belgilangan.
- Bundan avvalroq, Qaşqadaryo viloyatida qizlarning erta unaştiriş holatlari aks etgan videolar muhokamalar markazida bölgan edi.

















