Avvaliga OAV mahalliy maişiy texnika işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş, ularga köproq imtiyozlar beriş va Özbekistonga maişiy texnika olib kirişda antidemping bojlari joriy etişni nazarda tutgan hukumat komissiyasi bayonnomasini e’lon qildi.
Şundan keyin bu boradagi alohida qaror qabul qilingani, unga asosan elektrotexnika sanoatidagi mahalliy işlab çiqaruvçilarga imtiyozlarning yangi paketi tasdiqlangani ma’lum böldi.
– 1 fevraldan Özbekistonda rasmiy dilerlari va servis xizmati mavjud bölmagan brendlarning maişiy texnika mahsulotlarini olib kiriş taqiqlanadi. Bu nimani anglatadi va uning iqtisodiy oqibatlari qanday?
Şohruxxöja Faxriddinxöjayev: Bu yangi tartib talab va taklifga ta’sir qiladi. Taklifga ta’siri deganda, maişiy texnika olib keladiganlar soni qisqarişni boşlaydi. Natijada bu narxlarga ta’sir qiladi. Iqtisodiyotda yöqotişlar kengayişni boşlaydi. Iste’molçilarning foydasi qisqaradi va umumiy iqtisodiyotga zarar keltirişni boşlaydi.
Salbiy ta’sir energetikaga ham yetib borişi mumkin. Çunki bizda hozir yangi işlab çiqarilayotgan maişiy texnikalar energosamarador hisoblanib, energiya hajmini kötariş uçun möljallangan. Biz energosamaradorlik böyiça dunyoda juda past körsatkiçlarga egamiz. Energosamaradorlik bu – energiyani iqtisodiyotda qançalik samarali işlatayotganimizni körsatadigan körsatkiçdir. 2022 yilda qabul qilingan prezident qaroriga köra, 2022 yilda energiya hajmi 5 foizga yetkazilgan bölsa, 2023 yilda 14 foizga yetkazilgan. Hozir biz nima qilyapmiz? Bu özgariş ortidan maişiy texnikalar narxi oşadi, odamlarda eski maişiy texnikalarni energiya samarador texnikalarga almaştirişga rağbat yöqoladi. Natijada biz belgilangan targetga yeta olmaymiz.
Şundoq ham energetika bilan katta muammolarimiz bor. Eski maişiy texnikalar energiya samarador emas. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti ma’lumotlarini olsak, bizda turar joy va tijorat binolari energiyaning qariyb 45 foizini, sanoat 21 foizini va transport 18 foizini iste’mol qiladi. Mamlakatlar özining mahalliy işlab çiqaruvçisini qöllab-quvvatlaşi, iş örinlarini yaratişi, innovatsiyalarni kengaytirişi çet el tajribasida ham bölgan, lekin bu [imtiyozlar] faqat belgilangan doiraga beriladigan bölsa, innovatsiya ham bölmaydi, raqobat ham qisqaradi, energiya samarador bölgan maişiy texnikalarga talab keskin pasayib ketişi mumkin.









